Shrift o‘lchami: A A A
Masshtab: A A A A
Rang: A A A A
Rasmlar: Yoqish O‘chirish

Markaziy bankda Société Générale vakillari bilan hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi

Yangilangan sana: 22 Iyun 2026, 17:36
22 Iyun 2026

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankida Société Générale vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Muloqotda Markaziy bank raisi o‘rinbosari Abror Mirzo Olimov, Markaziy bankning mas’ul tarkibiy bo‘linmalari rahbarlari hamda Société Générale kompaniyasining Yaqin Sharq, Turkiya, MDH va Afrika mintaqasi bo‘yicha bosh mintaqaviy direktori Aymeric Arnaud boshchiligidagi delegatsiya vakillari ishtirok etdi.

Uchrashuv avvalida tomonlar Société Générale’ning O‘zbekiston moliya bozoridagi faoliyati, mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlar, investitsion muhitning yaxshilanishi hamda xalqaro moliya institutlari bilan hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari yuzasidan fikr almashdilar.

Muloqot davomida Société Générale O‘zbekiston Respublikasida vakolatxona ochish istagini bildirdi. Markaziy bank tomonidan xorijiy banklar vakolatxonalarini akkreditatsiyadan o‘tkazishning amaldagi qonunchilik va belgilangan tartib-taomillari to’grisida batafsil ma’lumot taqdim etildi.  

Tomonlar, shuningdek, O‘zbekistonda valyuta va foiz xatarlarini boshqarish boʻyicha hosila moliyaviy vositalar (xedjirlash) bozorini rivojlantirish masalalari yuzasidan fikr almashdilar. Markaziy bank tomonidan moliya bozorlarini chuqurlashtirish, valyuta xatarlarini boshqarish imkoniyatlarini kengaytirish hamda bozor ishtirokchilari uchun zamonaviy moliyaviy instrumentlarni rivojlantirish muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlandi. O’z navbatida Société Générale vakillari o’z tajribasidan kelib chiqib, ushbu yo’nalishda tajriba almashishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.

Uchrashuv yakunida tomonlar qayd etilgan masalalar bo’yicha muloqotni davom ettirishga kelishib oldilar. 


USD = 11990.26
-68.19
EUR = 13738.44
-80.54
RUB = 162.23
-1.81
GBP = 15861.91
-97.45
JPY = 74.13
-0.64
CHF = 14846.78
-117.79
CNY = 1769.91
-11.43
Barcha valyutalar
Online доступ к общедоступным информационным ресурсам ЦБ РУз в сети Интернет, с возможностью просматривать и получать обновленную информацию, в том числе сведения о курсах валют.
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X