Shrift o‘lchami: A A A
Masshtab: A A A A
Rang: A A A A
Rasmlar: Yoqish O‘chirish

Biznes kayfiyati bo‘yicha 2026-yil I chorak sharhi

Yangilangan sana: 26 Iyun 2026, 10:44
26 Iyun 2026

2026-yilning I choragida O‘zbekistonda biznes kayfiyati ijobiy dinamikani davom ettirib, iqtisodiy faollik va tadbirkorlik muhitidagi barqaror o‘sish tendensiyalarini aks ettirdi. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan hududlarda o‘tkazilgan so‘rov natijalariga ko‘ra, iqtisodiyotning turli tarmoqlarida faoliyat yurituvchi jami 2 487 nafar tadbirkor ishtirok etdi.

So‘rov natijalari tadbirkorlarning iqtisodiy faollik, biznes muhiti va bandlik bo‘yicha baholari asosan ijobiy va barqaror shakllanayotganini ko‘rsatdi. Xususan, respondentlarning 64 foizi joriy biznes shart-sharoitlarini o‘tgan yilning mos davriga nisbatan yaxshilangan deb baholadi (2025-yil I chorakda 56 foiz). Mazkur ko‘rsatkichning so‘nggi ikki yil davomida o‘rtacha 50 foizdan yuqori darajada saqlanib kelayotgani tadbirkorlar ishonchi barqarorligini anglatadi.

Ijobiy baholarga asosan bank xizmatlari sifatining oshishi, kredit olish imkoniyatlarining kengayishi, raqobat muhitining yaxshilanishi, litsenziyalash jarayonlarining soddalashuvi hamda ma’muriy aralashuvlarning kamayishi ta’sir ko‘rsatdi. Shu bilan birga, energiya ta’minoti, soliq ma’murchiligi va bojxona tartib-taomillari bilan bog‘liq ayrim muammolar biznes faolligini cheklovchi omillar sifatida qayd etildi.

Chorak davomida iqtisodiy faollik ko‘rsatkichlarida ham ijobiy o‘zgarishlar kuzatildi. Jumladan, ishlab chiqarish hajmlari, buyurtmalar, yuk tashish va qo‘shimcha ishchi kuchiga bo‘lgan talab oshganini bildirgan respondentlar ulushi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan ko‘paydi. Ayniqsa, buyurtmalar hajmi oshganini qayd etgan tadbirkorlar ulushi 57 foizga yetib, bunda ishlab chiqarish, turizm, qishloq xo‘jaligi, ta’lim va umumiy ovqatlanish sohalari asosiy hissa qo‘shdi.

Mehnat bozorida ham ijobiy tendensiyalar saqlanib qoldi. Xususan, ishlab chiqarish, qurilish, turizm, qishloq xo‘jaligi va xizmat ko‘rsatish sohalarida qo‘shimcha ishchi kuchiga bo‘lgan talab yuqori shakllandi. Shu bilan birga, o‘rta muddatli istiqbollar bo‘yicha optimistik kayfiyatlar saqlanib qolib, respondentlarning 71 foizi kelgusi uch yil davomida makroiqtisodiy sharoitlar yaxshilanishiga ishonch bildirdi.

Biznes kayfiyati bo‘yicha 2026-yilI chorak sharhi va qisqa tavsifi bilan tanishing.

USD = 12009.29
-4.23
EUR = 13699.00
+49.24
RUB = 154.74
-5.21
GBP = 15877.48
+36.45
JPY = 74.31
+0.07
CHF = 14859.30
+55.21
CNY = 1766.54
-0.62
Barcha valyutalar
Online доступ к общедоступным информационным ресурсам ЦБ РУз в сети Интернет, с возможностью просматривать и получать обновленную информацию, в том числе сведения о курсах валют.
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X