Shrift o‘lchami: A A A
Masshtab: A A A A
Rang: A A A A
Rasmlar: Yoqish O‘chirish

Hududlarda valyuta operatsiyalariga oid o‘quv-amaliy seminarlar o‘tkazilmoqda

Yangilangan sana: 24 Iyul 2026, 20:23
24 Iyul 2026

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining Valyutani tartibga solish va nazorat qilish departamenti mutaxassislari ishtirokida hududlarda valyuta operatsiyalariga oid masalalarga bag‘ishlangan o‘quv seminarlar turkumi tashkil etilmoqda.

Seminarlarning dastlabki bosqichi Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlarida o‘tkazildi. Unda Markaziy bankning hududiy bosh boshqarmalari, tijorat banklarining jami 200-300 dan ortiq mas’ul xodimlari hamda tadbirkorlik subyektlari vakillari ishtirok etdi.

Tadbirlar davomida ishtirokchilarga valyuta qonunchiligiga kiritilgan so‘nggi o‘zgartirishlarning mazmun-mohiyati, valyuta operatsiyalarini amalga oshirish tartibi va ularni amaliyotda bir xil qo‘llash yuzasidan batafsil tushuntirishlar berildi.

Shuningdek, shikastlanish belgilari mavjud hamda muomalaga yaroqsiz xorijiy valyuta banknotalarini bank kassalariga qabul qilish va inkassoga rasmiylashtirish tartibiga alohida e’tibor qaratildi.

Ochiq muloqot shaklida o‘tgan uchrashuvlarda amaliyotda uchrayotgan masalalar muhokama qilinib, qatnashchilarni qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan batafsil javoblar berildi. Yakunlar bo‘yicha hududiy bosh boshqarmalar va tijorat banklariga tegishli uslubiy tavsiyalar hamda ko‘rsatmalar taqdim etildi.

Seminarlar yakunida valyuta operatsiyalarini qonunchilik talablariga muvofiq amalga oshirish, xizmat ko‘rsatishda yagona amaliyotni ta’minlash hamda xodimlarning kasbiy malakasini oshirish bo‘yicha hududiy bosh boshqarmalar va tijorat banklariga tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Keyingi bosqichda valyuta qonunchiligidagi o‘zgarishlarni hududlarda to‘liq va bir xil qo‘llash, bank xizmatlari sifatini oshirish hamda iste’molchilar huquqlari himoyasini ta’minlashga qaratilgan o‘quv seminarlar turkumi respublikaning boshqa hududlarida ham davom ettiriladi.

USD = 12019.08
-82.76
EUR = 13689.73
-122.1
RUB = 153.87
+0.12
GBP = 16008.21
-175.58
JPY = 73.43
-0.65
CHF = 14722.05
-132.3
CNY = 1774.87
-12.78
Barcha valyutalar
Online доступ к общедоступным информационным ресурсам ЦБ РУз в сети Интернет, с возможностью просматривать и получать обновленную информацию, в том числе сведения о курсах валют.
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X