Shrift o‘lchami: A A A
Masshtab: A A A A
Rang: A A A A
Rasmlar: Yoqish O‘chirish

O‘zbekiston va Xalqaro valyuta jamg‘armasi vakillari o‘rtasidagi hamkorlik masalalari muhokama qilindi

Yangilangan sana: 29 Iyun 2026, 15:15
29 Iyun 2026

Xalqaro valyuta jamg‘armasi va Jahon banki “Shveysariya guruhi”ning navbatdagi yig‘ilishi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki, Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Xalqaro valyuta jamg‘armasi vakillari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda O‘zbekiston tomonidan Bosh vazir o‘rinbosari — Iqtisodiyot va moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorov hamda Markaziy bank raisi Timur Ishmetov, Xalqaro valyuta jamg‘armasi tomonidan esa Bo Li ishtirok etdi.

Muloqot davomida O‘zbekiston iqtisodiyotining joriy holati, makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlash, pul-kredit va fiskal siyosatni muvofiqlashtirish, shuningdek, davlat ishtirokidagi korxonalar va banklar islohotlari bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.

O‘zbekiston tomoni inflyatsiyani pasaytirish, iqtisodiy o‘sishning yuqori sur’atlari bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar hamda xalqaro moliya institutlari bilan hamkorlikda olib borilayotgan tarkibiy islohotlar haqida ma’lumot berdi. Xususan, bank sektorida davlat ulushini qisqartirish, xususiylashtirish jarayonlarini jadallashtirish va davlat banklarini transformatsiya qilish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Xalqaro valyuta jamg‘armasi vakillari O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar va makroiqtisodiy siyosat yo‘nalishlarini ijobiy baholab, barqaror o‘sishni ta’minlashda pul-kredit va fiskal siyosat o‘rtasidagi muvozanat, soliq islohotlarini davom ettirish hamda davlat ishtirokidagi korxonalarni isloh qilish muhimligini ta’kidladilar.

Tomonlar O‘zbekiston va Xalqaro valyuta jamg‘armasi o‘rtasidagi konstruktiv hamkorlikni yanada rivojlantirish, jumladan, makroiqtisodiy siyosat, soliq ma’murchiligi, pul-kredit siyosati, moliyaviy barqarorlik va institutsional salohiyatni oshirish yo‘nalishlarida texnik ko‘makni davom ettirishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.

USD = 11973.90
+64.24
EUR = 13700.54
+111.62
RUB = 154.82
+2.54
GBP = 15987.55
+98.87
JPY = 74.31
+0.43
CHF = 14905.89
+116.79
CNY = 1765.25
+11.02
Barcha valyutalar
Online доступ к общедоступным информационным ресурсам ЦБ РУз в сети Интернет, с возможностью просматривать и получать обновленную информацию, в том числе сведения о курсах валют.
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X