Shrift o‘lchami: A A A
Masshtab: A A A A
Rang: A A A A
Rasmlar: Yoqish O‘chirish

Markaziy bankda XVJ Statistika departamentining texnik ko‘mak missiyasi yakunlandi

Yangilangan sana: 13 Iyul 2026, 11:26
13 Iyul 2026

2026-yil 10-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankida Xalqaro valyuta jamg‘armasi Statistika departamenti texnik ko‘mak missiyasining yakuniy uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Ekspertlar Markaziy bankda statistika tizimini yanada rivojlantirish uchun mustahkam asos mavjudligini alohida ta’kidlab, xodimlarning fidoyiligi va tashabbuskorligini, shuningdek, institutsional va metodologik yangilanishlarga ochiqlikni ijobiy baholadilar.

Missiya tavsiyalari quyidagi asosiy yo‘nalishlarni qamrab oldi:

·         institutsional mexanizmlarni mustahkamlash hamda Milliy statistika qo‘mitasi va boshqa tegishli tashkilotlar bilan tizimli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish;

·         Markaziy bankning strategik ustuvor yo‘nalishlari hamda ma’lumotlardan foydalanuvchilar ehtiyojlarini hisobga olgan holda uch-besh yillik statistika strategiyasini ishlab chiqish va uni yillik ish rejalari asosida amalga oshirish;

·         statistika metodologiyalarini yanada takomillashtirish, jumladan, joriy etilishi kutilayotgan xalqaro standart va me’yorlarga tayyorgarlik ko‘rish;

·         ma’lumotlarni yig‘ish, tekshirish, qayta ishlash, saqlash va e’lon qilish jarayonlarini optimallashtirish hamda avtomatlashtirish;

·         Markaziy bankning ma’lumotlarni boshqarish funksiyasi bilan hamkorlikda integratsiyalashgan va sun’iy intellekt texnologiyalaridan foydalanishga tayyor ma’lumotlar infratuzilmasini rivojlantirish;

·         statistik mahsulotlarning qamrovi, to‘liqligi, davriyligi va tahliliy ahamiyatini oshirish;

·         statistik ma’lumotlarni qarorlar qabul qiluvchilar uchun qulay formatlarda yetkazishni amaliyotini takomillashtirish;

·         xodimlar salohiyatini rivojlantirish va ichki bilim almashinuvi bo‘yicha tizimli mexanizmlarni joriy etish;

·         xalqaro hamkorlar bilan birgalikda batafsil, muqobil va katta hajmdagi ma’lumotlardan foydalanish bo‘yicha salohiyatni rivojlantirish.

Markaziy bank XVJ Statistika departamenti missiyasi ekspertlariga konstruktiv hamkorlik hamda qimmatli tavsiyalar uchun minnatdorlik bildiradi.

USD = 12031.25
-62.1
EUR = 13764.95
-102.49
RUB = 153.24
-1.98
GBP = 16173.61
-162.09
JPY = 74.10
-0.47
CHF = 14899.38
-82.47
CNY = 1775.33
-11.8
Barcha valyutalar
Online доступ к общедоступным информационным ресурсам ЦБ РУз в сети Интернет, с возможностью просматривать и получать обновленную информацию, в том числе сведения о курсах валют.
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X