Markaziy bankning Bank nazorati qo‘mitasi tomonidan 2026-yilning iyun oyida o‘tkazilgan yig‘ilishlar (jami 7 marta) davomida 34 ta masala ko‘rib chiqildi va ular bo‘yicha tegishli qarorlar qabul qilindi.
Ro‘yxatga olish va ruxsat berish yo‘nalishida jami 22 ta masala ko‘rib chiqildi. Jumladan, kredit tashkilotlari ustaviga kiritilgan o‘zgartirishlarni ro‘yxatdan o‘tkazish (6 ta), banklarda audit o‘tkazish huquqini berish uchun auditorlik malaka sertifikatlarini taqdim etish (3 ta), mikromoliya tashkilotlarini hisob ro‘yxatidan o‘tkazish va to‘lov tashkilotiga litsenziya berish (4 ta), kredit tashkilotlarining ustav fondidagi ulushiga egalik qilish uchun ruxsat berish (5 ta), shuningdek, tijorat banklari kuzatuv kengashi va boshqaruvi a’zolari hamda muhim ahamiyatga ega xodimlarining nomzodlarini ko‘rib chiqish (4 ta) bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi.
Shu bilan birga, kredit va to‘lov tashkilotlarining moliyaviy holatiga oid 12 ta masala ko‘rib chiqildi. Xususan, Markaziy bankning ko‘rsatmalari va prudensial me’yorlari talablariga rioya etilishi, bank va nobank kredit tashkilotlarida o‘tkazilgan inspeksiya tekshiruvlari natijalari hamda taqsimlanmagan foydani taqsimlash masalalari muhokama qilindi.
Prudensial normativ talablariga rioya etilmaganligi hamda o‘z faoliyatini qonunchilik hujjatlari talablariga belgilangan tartibda muvofiqlashtirmaganligi uchun 23 ta bank chora va sanksiyalar qo‘llanilishi to‘g‘risida ogohlantirildi.
Qonunchilik talablariga muvofiq faoliyat yuritmaganligi, shuningdek inspeksiya tekshiruvlari va o‘rganishlar davomida aniqlangan kamchiliklar uchun 21 ta bank, 1 ta mikromoliya tashkilotiga va 1 ta to‘lov tashkilotiga nisbatan jarima sanksiyalari qo‘llanildi.