Shrift o‘lchami: A A A
Masshtab: A A A A
Rang: A A A A
Rasmlar: Yoqish O‘chirish

O‘zbekiston va Ozarbayjon Markaziy banklari rahbarlari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Yangilangan sana: 14 Okt 2026, 10:03
14 Okt 2026

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankida Ozarbayjon Respublikasi Markaziy banki raisi Taleh Kazimov boshchiligidagi delegatsiya vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda ikki mamlakat markaziy banklari o‘rtasidagi amaldagi hamkorlik holati va uni yanada kengaytirish istiqbollari muhokama qilindi. Tomonlar so‘nggi yillarda ikki tomonlama va ko‘p tomonlama formatlar doirasida faol hamkorlik yo‘lga qo‘yilganini qayd etdilar.

Muloqot davomida to‘lov tizimlari va moliyaviy texnologiyalar sohasidagi hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Xususan, transchegaraviy fintex loyihalarini amalga oshirish hamda ushbu yo‘nalishda tegishli tashkilotlar va mutaxassislar o‘rtasida amaliy muloqotni yo‘lga qo‘yish yuzasidan fikr almashildi.

Shuningdek, raqamli aktivlarni tartibga solish, regulyativ “sandbox” mexanizmlari, fintech-startaplarni qo‘llab-quvvatlash va qo‘shma pilot loyihalarini amalga oshirish istiqbollari muhokama qilindi. Tomonlar mazkur yo‘nalishlarda mavjud tajriba va amaliy yondashuvlarni o‘zaro almashishdan manfaatdor ekanliklarini bildirdilar.

Uchrashuvda ochiq banking va ochiq moliya (open finance) ekotizimini rivojlantirish masalalariga ham to‘xtalib o‘tildi. Ozarbayjon tomoni yagona API standartlari, mijoz roziligini boshqarish va tartibga solish mexanizmlariga asoslangan markazlashgan ochiq banking infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha tajribasi bilan o‘rtoqlashishga tayyorligini bildirdi.

Bundan tashqari, tomonlar pul-kredit siyosati, makroiqtisodiy tahlil, ma’lumotlarni boshqarish va markaziy banklarning boshqa asosiy faoliyat yo‘nalishlari bo‘yicha qo‘shma tadqiqot loyihalarini amalga oshirish imkoniyatlarini ko‘rib chiqdilar. Bunday loyihalar ikki markaziy bankning ekspert salohiyatidan samarali foydalanish va amaliy tajriba almashinuvini yanada chuqurlashtirishga xizmat qilishi ta’kidlandi.

Uchrashuv yakunida tomonlar erishilgan kelishuvlarni amaliy loyihalarga aylantirish, ekspertlar darajasidagi aloqalarni faollashtirish hamda O‘zbekiston va Ozarbayjon Markaziy banklari o‘rtasidagi uzoq muddatli hamkorlikni yanada rivojlantirishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.

USD = 11963.16
+49.81
EUR = 13390.36
+61.7
RUB = 142.33
-0.06
GBP = 15870.33
+91.1
JPY = 75.50
+0.18
CHF = 14358.09
+46.04
CNY = 1787.47
+7.71
Barcha valyutalar
Online доступ к общедоступным информационным ресурсам ЦБ РУз в сети Интернет, с возможностью просматривать и получать обновленную информацию, в том числе сведения о курсах валют.
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X