Shrift o‘lchami: A A A
Masshtab: A A A A
Rang: A A A A
Rasmlar: Yoqish O‘chirish

Markaziy bank rahbariyatining AQSh kompaniyalari vakillari bilan uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi

Yangilangan sana: 21 Okt 2026, 22:35
21 Okt 2026

Joriy yilning 19-oktabr kuni Samarqand shahrida bo‘lib o‘tgan “O‘zbekiston-Amerika ishbilarmonlik va investitsiya kengashi” doirasida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki rahbariyatining AQShning yetakchi StoneX, Visa, Nasdaq, Franklin Templeton va Citi kompaniyalari rahbarlari bilan uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvlar davomida xorijiy hamkorlar tomonidan mamlakatimizda kuzatilayotgan iqtisodiy o‘sish va amalga oshirilayotgan islohotlar xalqaro investorlar uchun qulay sharoit yaratib berayotganini ta’kidladilar.

Tomonlar moliya bozori infratuzilmasini takomillashtirish, xalqaro zaxiralarni boshqarish, xedjirlash mexanizmlarini joriy etish, shuningdek, raqamli to‘lovlarni rivojlantirish, kiberxavfsizlik, ochiq banking va qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysi faoliyatini takomillashtirish masalalari bo‘yicha hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi va ushbu yo‘nalishlar bo‘yicha hamkorlikning keyingi qadamlari kelishib olindi.

Shu bilan birga, forum doirasida O‘zbekiston va AQShning yetakchi kompaniyalari vakillari ishtirokida “Moliya va investitsiyalar” mavzusida sessiya tashkil etildi. Sessiyaga O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki va AQSh Xalqaro taraqqiyot moliya korporatsiyasi (DFC) hamraislik qildi. Unda mamlakatning makroiqtisodiy istiqbollari, xususiylashtirish jarayonlari hamda investitsiyaviy ustuvor yo‘nalishlar muhokama qilindi.

USD = 11965.51
-46.79
EUR = 13437.27
-29.72
RUB = 145.96
+0.63
GBP = 16029.00
+2.19
JPY = 75.78
-0.18
CHF = 14510.68
-70.89
CNY = 1792.29
-6.47
Barcha valyutalar
Online доступ к общедоступным информационным ресурсам ЦБ РУз в сети Интернет, с возможностью просматривать и получать обновленную информацию, в том числе сведения о курсах валют.
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X