Özbekistonda Apple Pay xalqaro tölov xizmati rasman işga tuşirildi. Uşbu xizmat Apple qurilmalari foydalanuvçilariga öz bank kartalarini Apple Wallet’ga qoşib, iPhone, Apple Watch hamda boşqa mos qurilmalar orqali qulay va xavfsiz tölovlarni amalga oşiriş imkonini beradi.
Dastlab Apple Pay xizmatiga quyidagi banklar tomonidan çiqarilgan tegişli Visa va Mastercard kartalarini ulaş mumkin:
- Özbekiston Milliy banki — Visa va Mastercard;
- Ipak Yöli Banki — Visa va Mastercard ;
- Orient Finans Bank — Visa va Mastercard;
- Kapitalbank — Visa va Mastercard;
- TBC Bank Uzbekistan — Visa va Mastercard;
- Octobank — Visa va Mastercard;
- Hamkorbank — Visa;
- Uzum Bank — Visa.
Apple Pay orqali tölovlarni amalga oşirişda karta ma’lumotlarining maxfiyligi va tölovlarning xavfsizligi maxsus texnologiyalar yordamida ta’minlanadi. Mahalliy tölov tizimlari (Uzcard va Humo) kartalarini Apple Pay xizmatiga ulaş böyiça tegişli işlar davom ettirilmoqda va ularni xizmatga ulaş imkoniyati tez orada taqdim etiladi. Apple Pay xizmatining Özbekistonda joriy etilişi mamlakat tölov infratuzilmasining xalqaro raqamli tölov texnologiyalari bilan integratsiyalaşuvini kengaytirib, foydalanuvçilar uçun zamonaviy va qulay tölov imkoniyatlarini yaratadi. Xizmatdan foydalaniş imkoniyati banklar va tölov tizimlarining texnik tayyorligiga qarab bosqiçma-bosqiç kengaytirib boriladi.










