Markaziy bankda Xalqaro Valyuta Jamğarmasining (XVJ) davlat qimmatli qoğozlari bozorini rivojlantiriş böyiça texnik kömak missiyasi yakunlariga bağişlangan uçraşuv bölib ötdi.
Uçraşuvda Özbekiston moliya bozoridagi banklararo pul bozorining UZONIA foiz stavkasiga boğlangan suzuvçi foiz stavkali davlat qimmatli qoğozlarini joriy etiş istiqbollari muhokama qilindi.
Missiya ekspertlari inflyatsiyaning pasayişi va bank tizimidagi yuqori likvidlik şaroitida bunday obligatsiyalarni dastlab kiçik hajmda va bosqiçma-bosqiç, sinov tariqasida muomalaga çiqariş maqsadga muvofiqligini bildirishdi.
Ekspertlarning fikriça, suzuvçi foiz stavkali obligatsiyalar banklarga jalb qilinadigan resurslar muddatini uzaytiriş, moliyalaştiriş xarajatlarini maqbullashtiriş hamda pul-kredit siyosati qarorlarining depozit va kredit foiz stavkalariga ta’sirini kuçaytirişga xizmat qilişi mumkin.
Bundan taşqari, mazkur vositaning joriy etilişi UZONIA stavkasiga boğlangan depozit va kredit mahsulotlari, foiz svoplari hamda foiz xatarlarini boşqarişning boşqa moliyaviy vositalarini rivojlantiriş uçun qöşimça imkoniyat yaratişi ta’kidlandi.
Missiya yakuni böyicha XVJ ekspertlari davlat qimmatli qoğozlari bozorini rivojlantiriş yönalişida hamkorlik va qöşma tadqiqotlarni davom ettirişga tayyor ekanliklarini bildirdilar.










