Markaziy bankning Bank nazorati qömitasi tomonidan 2026 yilning oktyabr oyida ötkazilgan yiğilişlar (jami 6 marta) davomida 43 ta masala körib çiqildi va ular böyiça tegişli qarorlar qabul qilindi.
Röyxatga oliş va ruxsat beriş yönalişida jami 23 ta masala körib çiqildi. Jumladan, kredit taşkilotlari ustaviga kiritilgan özgartirişlarni röyxatdan ötkaziş (8 ta), banklarda audit ötkaziş huquqini beriş uçun auditorlik malaka sertifikatlarini taqdim etiş (2 ta), mikromoliya taşkilotlarini hisob röyxatidan ötkaziş, akkredetatsiya va tölov taşkilotiga litsenziya beriş (4 ta), kredit taşkilotlarining ustav fondidagi uluşiga egalik qiliş uçun ruxsat beriş (1 ta), şuningdek, tijorat banklari kuzatuv kengaşi va boşqaruvi aʼzolari hamda muhim ahamiyatga ega xodimlarining nomzodlarini körib çiqiş (8 ta) bilan boğliq masalalar muhokama qilindi.
Şu bilan birga, kredit va tölov taşkilotlarining moliyaviy holatiga oid 20 ta masala körib çiqildi. Xususan, Markaziy bankning körsatmalari va prudensial meʼyorlari talablariga rioya etilişi, bank va nobank kredit taşkilotlarida ötkazilgan inspeksiya tekşiruvlari natijalari hamda taşkilotlarning moliyaviy xizmatlarini “tartibga soliş qumdoni” doirasida sinovdan ötkaziş masalalari muhokama qilindi.
Prudensial normativlar va qonunçilik talablariga rioya etilmaganligi, şuningdek, inspeksiya tekşiruvlari davomida aniqlangan qoidabuzarliklar uçun 6 ta bank va 2 ta mikromoliya taşkilotiga nisbatan jarima sanksiyalari qöllanildi. Bundan taşqari 1 ta bank va 1 ta mikromoliya taşkilotiga nisbatan çora va sanksiyalar qöllanilişi töğrisida ogohlantirildi.










