Shrift o‘lchami: A A A
Masshtab: A A A A
Rang: A A A A
Rasmlar: Yoqish O‘chirish

“Cardblock” tizimi orqali kelib tuşgan firibgarlik holatlari böyiça murojaatlarning tezkor tahlili

Yangilangan sana: 16 Noy 2026, 14:40
13 Noy 2026

Markaziy bankning Yagona platformasi orqali Içki işlar vazirligining “Cardblock” platformasida röyxatga olingan firibgarlik holatlari böyiça fuqarolarning murojaatlari tahlil qilinmoqda. 2026-yil 1-yanvardan 1-oktabrgaça qayd etilgan firibgarlik holatlari tahlili quyidagi natijalarni körsatdi.

1. Mobil qurilmaga zararli dastur örnatilişi

Fuqarolarning mobil qurilmalariga zararli fayllarni yuklab olişi va örnatişi bilan boğliq 18 830 ta firibgarlik holati qayd etilgan. Uşbu holatlar böyiça fuqarolarga yetkazilgan moddiy zararning umumiy miqdori 79,3 mlrd sömni taşkil etgan.

2. Firibgarlar qönğiroği ta’sirida harakat qiliş

Firibgarlarning aldovlariga işoniş va ularning telefon orqali bergan körsatmalarini bajariş oqibatida 611 ta firibgarlik holati röy bergan. Fuqarolarga yetkazilgan moddiy zarar miqdori 27,7 mlrd sömni taşkil etgan.

3. Telegram akkauntining egallab olinişi

Firibgarlar tomonidan fuqarolarning Telegram akkauntlari qölga kiritilişi bilan boğliq 2 808 ta holat qayd etilgan. Uşbu holatlar böyiça moddiy zarar miqdori 21,9 mlrd sömni taşkil etgan.

4. Soxta treyding takliflari

Soxta savdo platformalari va treyding orqali daromad topiş va’dalari bilan boğliq 1 044 ta holat qayd etilgan. Yetkazilgan moddiy zarar miqdori 15,1 mlrd sömni taşkil etgan.

5. Pulni köpaytiriş maqsadida pul ötkaziş

“Moliyaviy piramida” alomatlariga ega sxemalarga pul kiritiş bilan boğliq 1 086 ta holat qayd etilgan. Uşbu holatlar böyiça moddiy zarar miqdori 14,0 mlrd sömni taşkil etgan.

6. Onlayn xarid uçun oldindan tölov

Internet orqali mahsulot yoki xizmat xarid qiliş uçun oldindan tölov amalga oşirilgan, ammo va’da qilingan mahsulot yetkazilmagan yoki xizmat körsatilmagan holatlar böyiça 3 571 ta murojaat qayd etilgan. Moddiy zarar miqdori 10,5 mlrd sömni taşkil etgan.

7. Fuqaro nomiga onlayn kredit rasmiylaştiriş

Firibgarlar kreditni töxtatiş bahonasida fuqarolarni aldab, ularning nomiga onlayn kredit rasmiylaştirgan 130 ta holat qayd etilgan. Yetkazilgan moddiy zarar miqdori 10,6 mlrd sömni taşkil etgan.

8. Öyin uçun tölov

Fuqarolarning onlayn öyinlar uçun tölov qiliş jarayonida firibgarlik oqibatida zarar körişi bilan boğliq 272 ta holat qayd etilgan. Yetkazilgan moddiy zarar miqdori 0,9 mlrd sömni taşkil etgan.

9. Firibgarlik turi noma’lum bölgan murojaatlar

Bank kartalari va elektron hamyonlardan pul yeçib olingan, biroq fuqarolar murojaatlarida firibgarlik turi körsatilmagan 11 475 ta holat qayd etilgan. Uşbu holatlar böyiça moddiy zarar miqdori 98,1 mlrd sömni taşkil etgan.

Firibgarlik holatlari böyiça fuqarolarga yetkazilgan umumiy moddiy zarar 278,3 mlrd sömni taşkil etgan. Tezkor çora-tadbirlar natijasida 113,1 mlrd söm mablağ bloklangan.

Kredit böyiça “avtoundiruvlar”

Ayrim fuqarolar bank tomonidan pul mablağlari yeçib olinganini körib, mablağlar firibgarlar tomonidan oğirlangan degan gumon bilan içki işlar organlariga murojaat qilgan. Örganişlar natijasida uşbu holatlarda kredit qarzdorligi böyiça avtomatik undiruv (“avtoundiruv”) amalga oşirilgani aniqlangan. Şu sabab bilan 2 737 ta murojaat qayd etilgan. Ular bilan boğliq mablağlar miqdori 7,6 mlrd sömni taşkil etgan.

Ayni paytda yuqorida qayd etilgan firibgarlik holatlari böyiça içki işlar organlari tomonidan tergov-surishtiruv işlari olib borilmoqda.

Firibgarlik holatlaridan himoyalaniş böyiça tavsiyalar

  • Messenjerlar va noma’lum manbalardan zararli APK fayllarni yuklamang.
  • Özini bank xodimi yoki huquqni muhofaza qiluvçi organ vakili sifatida taniştirgan şaxslarga bank kartasi ma’lumotlari va tasdiqlaş kodlarini oşkor qilmang.
  • Telegram akkauntingizda ikki bosqiçli himoyani yoqing.
  • Internet orqali xarid qilişda sotuvçining işonçliligini tekşiring.
  • Katta daromad va’da qiluvçi şubhali investitsiyalarga hamda “pulni köpaytirib beriş” takliflariga işonmang.
  • Firibgarlik holatiga duç kelsangiz, zudlik bilan sizga xizmat körsatuvçi bank yoki tölov taşkilotiga hamda içki işlar organlariga murojaat qiling.
USD = 12014.37
+40.93
EUR = 13280.68
-1.46
RUB = 146.19
+1.66
GBP = 15899.82
+8.67
JPY = 75.11
+0.12
CHF = 14338.67
-50.75
CNY = 1800.90
+5.32
Barcha valyutalar
Online доступ к общедоступным информационным ресурсам ЦБ РУз в сети Интернет, с возможностью просматривать и получать обновленную информацию, в том числе сведения о курсах валют.
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X