Markaziy bank va «Özbekzargarsanoati» uyuşmasi hamkorligida zargarlik sohasida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar bilan oçiq muloqot bölib ötdi. Uçraşuvda Markaziy bank, uyuşma va tijorat banklari hamda soha vakillari iştirok etdi.
Uçraşuvda zargarlik korxonalarining banklar bilan hamkorligi, moliyaviy xizmatlarga bölgan ehtiyojlari va savdo faoliyatini kengaytirişga doir takliflar yuzasidan fikr almaşildi. Uyuşma vakillari yil davomida soha korxonalari bilan banklar örtasida olib borilgan hamkorlikni qayd etdi.
Muloqotning asosiy mavzularidan biri elektron savdoda zamonaviy tölov xizmatlaridan foydalaniş böldi. Tadbirkorlarning xalqaro bank kartalari orqali tölovlarni qabul qiliş va mazkur xizmatlarni korxonalarning veb-saytlariga ulaşga oid savollariga bank mutaxassislari tuşuntiriş berdi.
Zargarlik buyumlarini muddatli tölov asosida sotiş hamda xaridlarni moliyalaştirişda moliyaviy texnologiyalardan foydalaniş böyiça taşabbuslar ham muhokama qilindi. Markaziy bank vakillari uşbu yönalişda faoliyatni taşkil etiş tartibi haqida ma’lumot berildi. Loyihalarning ayrim jihatlarini mutaxassislar bilan qöşimça muhokama qiliş böyiça fikr almaşildi.
Xorijiy körgazmalarda iştirok etiş bilan boğliq moliyaviy masalalar ham muloqot mavzulari qatoridan örin oldi. Jumladan, körgazmalarda sotilgan mahsulotlar böyiça tuşumlarni ötkaziş va xalqaro hisob-kitoblarni amalga oşiriş yuzasidan murojaatlar körib çiqildi. Alohida örganişni talab etadigan masalalar böyiça tegişli hujjatlarni bank mutaxassislari bilan birgalikda körib çiqiş kelişib olindi.
Muloqot yakunida soha vakillarining savol va takliflari bilan işlaşni uyuşma, Markaziy bank va tijorat banklari hamkorligida davom ettiriş haqida fikr almaşildi. Tadbirkorlar qöşimça masalalar yuzasidan uyuşma orqali ham murojaat qilişi mumkinligi qayd etildi.










