Shrift o‘lchami: A A A
Masshtab: A A A A
Rang: A A A A
Rasmlar: Yoqish O‘chirish

Markaziy bankda Kavkaz va Markaziy Osiyoning iqtisodiy istiqbollari muhokama qilindi

Yangilangan sana: 16 Noy 2026, 12:12
16 Noy 2026

Özbekiston Respublikasi Markaziy bankida Xalqaro valyuta jamğarmasi (XVJ) bilan hamkorlikda XVJning Kavkaz va Markaziy Osiyo mintaqalari uçun möljallangan iqtisodiy şarhining (Regional Economic Outlook) navbatdagi soni taqdimotiga bağişlangan tadbir bölib ötdi.

Unda XVJning 2026-yil oktabr oyidagi “Global noaniqliklar şaroitida iqtisodiy barqarorlikni mustahkamlaş va yangi çaqiriqlarga moslaşiş” mavzusidagi hisobotining asosiy xulosalari taqdim etildi. Muhokamalarda mintaqa mamlakatlarining iqtisodiy rivojlaniş istiqbollari va makroiqtisodiy barqarorlikni taʼminlaş masalalariga eʼtibor qaratildi.

Xususan, iqtisodiy ösiş sur’atlari, inflyatsiya, geosiyosiy noaniqliklar hamda jahon energiya va xomashyo bozorlaridagi narx özgarişlarining mintaqa iqtisodiyotiga ta’siri körib çiqildi. Şuningdek, xalqaro savdoni diversifikatsiya qiliş orqali taşqi xatarlarga bardoshlilikni oşiriş masalalari muhokama qilindi. Inflyatsion bosimlarni jilovlaş va narxlar barqarorligini ta’minlaş uçun markaziy banklar qat’iy pul-kredit şaroitlarini saqlab qolişi zarurligi ta’kidlandi.

Özbekiston iqtisodiyotining joriy holati va istiqbollariga bağişlangan taqdimotda mamlakatda iqtisodiy faollik yuqori darajada saqlanib qolayotgani qayd etildi. XVJning yangilangan prognozlariga köra, 2026-yilda Özbekiston iqtisodiyotining ösişi 7,8 foizni taşkil etişi, inflyatsiya esa 2027-yil yakuniga qadar Markaziy bankning 5 foizlik maqsadli körsatkiçiga yaqinlaşişi kutilmoqda.

Şu bilan birga, narxlar barqarorligini ta’minlaş, pul-kredit siyosati ta’sirçanligini oşiriş, moliyaviy barqarorlikni mustahkamlaş hamda tarkibiy islohotlarni izçil davom ettiriş masalalari yuzasidan fikr almaşildi.

Tadbir doirasida ommaviy axborot vositalari vakillari bilan alohida muloqot sessiyasi ötkazilib, XVJ ekspertlari tomonidan hisobotdagi asosiy xulosalar
va iqtisodiy prognozlar yuzasidan izohlar berildi.

XVJning Kavkaz va Markaziy Osiyo mintaqalari uçun möljallangan iqtisodiy şarhi hamda tadbirning töliq videosi bilan tanişing.

USD = 12014.37
+40.93
EUR = 13280.68
-1.46
RUB = 146.19
+1.66
GBP = 15899.82
+8.67
JPY = 75.11
+0.12
CHF = 14338.67
-50.75
CNY = 1800.90
+5.32
Barcha valyutalar
Online доступ к общедоступным информационным ресурсам ЦБ РУз в сети Интернет, с возможностью просматривать и получать обновленную информацию, в том числе сведения о курсах валют.
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X