2026-yil 17-noyabrdan boşlab Özbekistonda Apple Pay xalqaro tölov xizmatidan foydalaniş imkoniyatlari yanada kengaytirildi. Endilikda Milliy tölov tizimlariga tegişli UZCARD va HUMO bank kartalarini ham Apple Pay xizmatiga ulaş imkoniyati yaratildi.
Xususan, Milliy tölov tizimlari kartalarini Apple Pay xizmatiga ulaşning dastlabki bosqiçida Xalq banki tomonidan muomalaga çiqarilgan UZCARD hamda Octobank tomonidan muomalaga çiqarilgan HUMO bank kartalari ulandi.
Mazkur banklar mijozlari öz kartalarini Apple Wallet ilovasiga qöşib, iPhone, Apple Watch hamda boşqa mos Apple qurilmalari orqali qulay va xavfsiz kontaktsiz tölovlarni amalga oşirişlari mumkin.
Eslatib ötamiz, 2026-yil 27-oktabrda Özbekistonda Apple Pay xizmati rasman işga tuşirilib, dastlab ayrim tijorat banklarining Visa va Mastercard kartalari uçun joriy etilgan edi.
Ta’kidlash joizki, Özbekiston Markaziy Osiyo davlatlari orasida ilk bor milliy tölov tizimlari kartalarini Apple Pay xalqaro tölov xizmatiga integratsiya qilgan mamlakat böldi. Şuningdek, hozirgi kunda mamlakatimiz MDH davlatlari doirasida milliy tölov tizimlari kartalari Apple Pay orqali amalda qöllab-quvvatlanayotgan yagona davlat sifatida alohida örin tutadi. Mazkur yangilik Özbekiston milliy tölov infratuzilmasining xalqaro raqamli tölov ekotizimiga integratsiyalaşuvida muhim bosqiç hisoblanadi.
Apple Pay orqali tölovlarni amalga oşirişda karta ma’lumotlarining maxfiyligi va operatsiyalarning xavfsizligi maxsus texnologiyalar yordamida ta’minlanadi.
Kelgusida boşqa tijorat banklari tomonidan muomalaga çiqarilgan UZCARD va HUMO kartalarini ham Apple Pay xizmatiga ulaş imkoniyatlari banklar va tölov tizimlarining texnik tayyorgarligiga qarab bosqiçma-bosqiç kengaytirib boriladi.










