Shrift o‘lchami: A A A
Masshtab: A A A A
Rang: A A A A
Rasmlar: Yoqish O‘chirish

Mablağlarni taqsimlaş markazi orqali fuqarolar iş haqini özi tanlagan bank kartasiga olişi mumkin

Yangilangan sana: 18 Noy 2026, 12:20
18 Noy 2026

Özbekiston Respublikasi Markaziy bankining Mablağlarni taqsimlaş markazi tizimi orqali fuqarolar iş haqi, mukofot puli va boşqa tölovlarni iş beruvçi taşkilotga xizmat körsatuvçi bankdan qat’i nazar, özi tanlagan bank kartasi yoki elektron hamyoniga oliş imkoniyatiga ega böladi. Tizimning birinçi versiyasi xususiy sektor taşkilotlari va ularning xodimlari uçun möljallangan. Keyingi yangilanişlarda foydalanuvçilar takliflari inobatga olinib, tizim imkoniyatlari kengaytirib boriladi.

Avval xodimlarga iş haqini oliş uçun, odatda, iş beruvçi taşkilotning iş haqi loyihasi yuritiladigan bankda alohida karta oçiş talab etilar edi. Natijada fuqaroda boşqa bank kartasi mavjud bölsa ham, yangi karta oçiş va keyinçalik mablağlarni bir kartadan boşqasiga ötkaziş zarurati yuzaga kelardi. Mablağlarni taqsimlaş markazi mazkur boğliqlikni bartaraf etib, fuqaroga özi uçun qulay bankni tanlaş imkonini beradi.

Tizimdan foydalaniş jarayoni xodim uçun sodda taşkil etilgan. Buning uçun fuqaro özi tanlagan bank kartasi yoki elektron hamyonining rekvizitlarini iş beruvçining buxgalteriyasiga taqdim etadi. Mablağlarni taqsimlaş markazi tizimida alohida röyxatdan ötiş talab qilinmaydi. Taşkilot xodimlarga amalga oşiriladigan tölovlar böyiça yagona reyestrni şakllantirib, öziga xizmat körsatuvçi bankka yuboradi. Bank reyestrni elektron raqamli imzo bilan tasdiqlab, Mablağlarni taqsimlaş markazi tizimiga jönatadi. Tizim ma’lumotlarni tekşiradi va tölovlarni xodimlar tanlagan banklar böyiça taqsimlaydi. Şundan söng qabul qiluvçi banklar mablağlarni tegişli bank kartalari yoki elektron hamyonlarga ötkazadi.

Mablağlarni taqsimlaş markazi fuqarolarga iş beruvçi talabiga köra alohida yangi karta oçmasdan, özida mavjud bank kartasi yoki elektron hamyonidan foydalaniş imkonini beradi. Xodim boşqa bank kartasini tanlaşi yoki keyinçalik rekvizitlarini özgartirişi mumkin. Bunda karta yoki elektron hamyon xodimning öz nomiga rasmiylaştirilgan bölişi lozim.

Yangi tizim taşkilotlar uçun ham tölov jarayonini soddalaştiradi. Taşkilot xodimlari turli banklarda xizmat körsatişidan qat’i nazar, barça tölovlarni yagona reyestr orqali amalga oşirişi mumkin. Bunda har bir xodim tanlagan bank bilan alohida iş haqi loyihasi böyiça şartnoma tuziş zarurati kamayadi. Banklar uçun esa Mablağlarni taqsimlaş markazi mijozlarni iş beruvçi taşkilotga boğlanmagan holda jalb qiliş va xizmat sifati asosida raqobatni kuçaytirişga xizmat qiladi.

Mablağlarni taqsimlaş markazi Markaziy bankning himoyalangan infratuzilmasida faoliyat yuritadi. Ma’lumotlar yopiq bank tarmoği orqali uzatiladi, tölov reyestrlari elektron raqamli imzo bilan tasdiqlanadi hamda oluvçining karta rekvizitlari va identifikatsiya ma’lumotlari Markaziy bank bazalari orqali tekşiriladi. Agar ma’lumotlarda xatolik aniqlansa, reyestr tuzatiş uçun qaytariladi. Bu mablağlarning notöğri rekvizitlarga yuborilişi xavfini kamaytiradi.

Mablağlarni taqsimlaş markazi tizimi Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 27-noyabrdagi PQ–359-son qarori doirasida joriy etilmoqda. Loyihaning asosiy maqsadi fuqarolarga bank tanlaş imkoniyatini kengaytiriş, banklar örtasida raqobatni kuçaytiriş va ommaviy tölovlarni amalga oşiriş jarayonini yanada qulaylaştirişdan iborat.


 

USD = 12010.45
-13.16
EUR = 13200.69
-36.1
RUB = 145.64
+0.1
GBP = 15842.98
-22.17
JPY = 75.43
+0.07
CHF = 14294.75
-10.56
CNY = 1801.75
-1.67
Barcha valyutalar
Online доступ к общедоступным информационным ресурсам ЦБ РУз в сети Интернет, с возможностью просматривать и получать обновленную информацию, в том числе сведения о курсах валют.
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X