Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish mavzusida seminar o‘tkazildi

Yangilangan sana:  16 Yan 2020, 14:29
1 Apr 2019

Markaziy bankda joriy yilning 28 mart kunida O‘zbekiston Respublikasining Prezidentining 2019 yil 9 yanvardagi PF-5618-sonli “Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish tizimini tubdan takomillashtirish to‘g‘risida”gi Farmonning ijrosini yuzasidan xodimlarning huquqiy ongi va madaniyatini yanada yuksaltirish maqsadida seminar o‘tkazildi.

Mazkur tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining mas’ul xodimi, Markaziy bank respublika apparati va Markaziy bankning Toshkent shahar bosh boshqarmasi xodimlari ishtirok etdi.

Ushbu seminarda jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirib borish qonun ustuvorligini ta’minlash va qonuniylikni mustahkamlashning eng muhim shartlaridan biri hisoblanishi, davlat xizmatchilarining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirib borish, ularda korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarga nisbatan murosasizlik munosabatini shakllantirish, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, shu jumladan, huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamda fuqarolik jamiyati institutlarining manzilli huquqiy targ‘ibotni amalga oshirish borasidagi o‘zaro hamkorligini mustahkamlash jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirishning vazifalaridan hisoblanishi qayd etildi.

Shuningdek, xodimlarga tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 22 martdagi 240-sonli ““Huquqiy targ‘ibot ishlari a’lochisi” ko‘krak nishoni to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori asosida “Huquqiy targ‘ibot ishlari a’lochisi” ko‘krak nishoni ta’sis etilganligi haqida ma’lumot berildi.

USD = 12705.00
-6
EUR = 13543.53
+5.04
RUB = 136.11
-0.2
GBP = 15704.65
+12.92
JPY = 82.06
-0.07
CHF = 13932.45
-11.17
CNY = 1753.14
-1.63
Barcha valyutalar
Online доступ к общедоступным информационным ресурсам ЦБ РУз в сети Интернет, с возможностью просматривать и получать обновленную информацию, в том числе сведения о курсах валют.
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X