2026-yil 1 oktyabr holatiga oilaviy tadbirkorlik dasturlari doirasida 241 mingdan ortiq jismoniy va yuridik şaxslarga jami 4,9 trln sömlik kredit ajratildi. Bu mablağlar aholiga öz biznesini yölga qöyiş, daromad manbaini yaratiş va bandligini ta’minlaş imkonini bermoqda.
Bugungi kunda oilaviy tadbirkorlik kreditlarini oliş jarayoni ham soddalaştirilgan. Arizalar “Oilakredit.uz” yagona elektron platformasi orqali, hokim yordamçisi tavsiyasi asosida qabul qilinadi. Buning uçun bankka boriş şart emas.
Davlatimiz rahbarining 2026 yil 5 fevraldagi qarori bilan kredit ajratiş şartlari yanada yengillaştirildi. Xususan, özini özi band qilgan şaxslar uçun garovsiz kredit miqdori 33 mln sömdan 50 mln sömgaça oşirildi. Çorvaçilikka ixtisoslaşgan mahallalarda naslli çorva mollari va tuyaçilikni rivojlantiriş uçun 100 mln sömgaça kredit ajratiş imkoniyati yaratildi. Şuningdek, “oğir” toifadagi tuman va mahallalarda kreditlarni yillik 12 foiz stavkada beriş belgilandi. Tovarlarni oldindan yetkazib beriş talabi ham bekor qilindi.
Oilaviy tadbirkorlikni qöllab-quvvatlaşda hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy holatidan kelib çiqib yondaşişga alohida e’tibor qaratilmoqda. Şu bois 2026 yil 1 martdan boşlab “oğir” toifadagi 37 ta tuman va 915 ta mahallada kreditlar yillik 17,5 foiz örniga 12 foiz stavkada ajratilmoqda. Natijada uşbu imtiyozli stavkada 49,4 mingta mijozga jami 1,2 trln söm kredit berildi. Bu oilaviy tadbirkorlik dasturlari doirasida ajratilgan kreditlar umumiy summasining qariyb törtdan bir qismini taşkil etadi. Jumladan, 37 ta “oğir” tumanda 40,8 mingta mijozga 986 mlrd söm, 915 ta “oğir” mahallada esa 14,9 mingta mijozga 354 mlrd söm kredit ajratildi.
Eng muhtoj oilalarni qöllab-quvvatlaş maqsadida 2026 yil 1 fevraldan “Davlat ta’minotidagi oila”lar uçun alohida kredit yönalişi joriy etildi. Unga köra, bunday oila a’zolariga 4 yilgaça muddatga, bir yillik imtiyozli davr bilan, bazaviy hisoblaş miqdorining 75 baravarigaça kredit beriladi. Mazkur kreditlarning foiz tölovlari davlat tomonidan qoplanadi. Şu sababli oila uçun kredit amalda foizsiz, mablağlar esa ijtimoiy kartaga ötkaziladi.
Şu kunga qadar uşbu yönalişda 16 mingdan ortiq oilaga 317 mlrd söm kredit ajratildi. Jumladan, Xalq banki 7,8 mingta, Agrobank 4,7 mingta va Mikrokreditbank tomonidan 3,8 mingta oilaga kreditlar berildi. Ajratilgan mablağlar çorva mollari, parranda, quyon va asalari sotib oliş, köçma dökon yoki motoroller xarid qiliş, şuningdek, issiqxona quriş imkonini bermoqda. Uşbu jarayonda hokim yordamçisi va mahalla bankiri hamrohlik qiladi.
Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning daromad manbaini şakllantiriş va mustaqil faoliyat boşlaşi uçun “Kambağallikdan farovonlik sari” dasturi doirasida ham imtiyozli kreditlar ajratilmoqda. Dastur doirasida noutbuk xarid qiliş uçun 15 mln sömgaça, işlab çiqariş uskunasi, köçma dökon yoki motoroller sotib oliş uçun esa 30 mln sömgaça kredit oliş mumkin. Kreditlar 5 yil muddatga beriladi, foiz tölovlari Kambağallikni qisqartiriş jamğarmasi tomonidan qoplanadi.
1 oktyabr holatiga uşbu dastur doirasida 2 362 ta oilaga 35,9 mlrd söm kredit ajratildi. Uşbu mablağlar hisobidan 925 ta tikuv maşinasi, 496 ta noutbuk, 419 ta oziq-ovqat işlab çiqariş uskunasi va 272 ta mototransport vositasi xarid qilindi. Bu kabi taşabbuslar aholiga öz salohiyatidan foydalaniş, kiçik biznesni yölga qöyiş va oilaviy daromadni oşiriş uçun şaroit yaratmoqda.
Prezidentimizning 2026 yil 11 sentyabrdagi Farmoni bilan oilaviy va yoşlar tadbirkorligini moliyaviy qöllab-quvvatlaş tizimida yangi bosqiç boşlandi. Endilikda kredit resurslarini taqsimlaş vakolati tuman ştablariga berildi. Endi qaror hududning özida, mahalla ehtiyojlari va mavjud imkoniyatlardan kelib çiqib qabul qilinadi. Şuningdek, ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarni kooperatsiyaga jalb qilgan lider tadbirkorlarga har bir oila uçun 50 mln söm hisobidan, jami 5 mlrd sömgaça garovsiz kredit ajratiş imkoniyati yaratildi. 2026 yil 1 oktyabrdan boşlab özini özi band qilgan şaxslar va kiçik biznes subyektlariga ajratiladigan kreditlar böyiça foiz tölovlarining bir qismi ham kompensatsiya qilinmoqda.
Umuman olganda, oilaviy tadbirkorlik dasturlari aholiga nafaqat moliyaviy kömak beriş, balki barqaror daromad manbaini yaratiş, yangi iş örinlarini taşkil etiş va mahallalarning iqtisodiy faolligini oşirişga ham xizmat qilmoqda. Agar siz ham öz işingizni boşlaş yoki mavjud faoliyatingizni kengaytirişni rejalaştirayotgan bölsangiz, “Oilakredit.uz” elektron platformasi orqali ariza berişingiz yoki mahallangizdagi hokim yordamçisi va mahalla bankiriga murojaat qilişingiz mumkin.
Brifingni rasmiy Youtube sahifamiz orqali körişingiz mumkin.










