Özbekiston Respublikasi Markaziy bankining asosiy maqsadlaridan biri narxlar barqarorligini ta’minlaşdir. Bu inflyatsiyani örta muddatda 5 foizgaça pasaytiriş va şu darajada barqaror uşlab turişni nazarda tutadi. Uşbu maqsadga erişiş uçun pul-kredit siyosatini yuritişda inflyatsion targetlaş rejimiga ötilgan va tegişli çora-tadbirlar amalga oşirilmoqda.
Hozirgi vaqtda inflyatsiyaning pasayiş tendensiyasi davom etmoqda va iqtisodiyotda ayrim muvozanatlaşuv belgilari kuzatilmoqda. Şu bilan birga, inflyatsiyani oşiruvçi ayrim xatarlarning saqlanib qolayotgani qat’iy pul-kredit şaroitlarini saqlab turişni taqozo etmoqda.
Inflyatsiya va inflyatsion kutilmalar haqida töxtalib ötsak, sentyabr oyida umumiy inflyatsiya 6,4 foizgaça sekinlaşib, pasayiş tendensiyasini davom ettirdi. Bazaviy inflyatsiya 5,5 foiz doirasida şakllandi.
Şu bilan birga, narxlari yillik 5 foizdan yuqori oşayotgan tovar va xizmatlar uluşining ortişi iqtisodiyotda barqaror xususiyatga ega bölgan narx bosimlari hali ham saqlanib qolayotganini körsatmoqda.
Aholi va tadbirkorlik subyektlarining inflyatsion kutilmalari ham pasayişda davom etdi. Bunda inflyatsion kutilmalarning pasayiş dinamikasi umumiy inflyatsiya sekinlaşuviga nisbatan pastroq bölib, narx belgilaş jarayonlarida ma’lum darajada inflyatsion inersiya ta’siri davom etmoqda.
Içki talab va iqtisodiy faollik
Yalpi talabning oşişiga investitsion faollik, aholi daromadlari va pul ötkazmalarining oşişi, budjet xarajatlarining yuqori şakllanişi hamda oltinsiz eksportning jadal ösişi asosiy hissa qöşdi.
Şu bilan birga, sönggi oylarda yalpi talabning ayrim tarkibiy qismlarida barqarorlaşuv belgilari namoyon böla boşladi.
Xususan, joriy pul-kredit şaroitlari ta’sirida iqtisodiyotga ajratilayotgan kreditlarning ösiş sur’atlari bosqiçma-bosqiç maqbullaşib bormoqda. Bunda, ijobiy real foiz stavkalari aholining jamğarişga bölgan moyilligini qöllab-quvvatlamoqda.
Taşqi inflyatsion xatarlar
Jahon xomaşyo, oziq-ovqat va energiya bozorlaridagi narxlarning yuqori darajada bölişi örta muddatli istiqbolda import narxlari hamda transport va logistika xarajatlari orqali içki inflyatsiyaga bosimlarni saqlab qoladi.
Taşqi narx şoklarining içki inflyatsiyaga ikkilamçi ta’siri kölami köp jihatdan içki talab dinamikasiga va köriladigan tarkibiy çoralarga boğliq böladi.
Ayrim asosiy savdo hamkorlar valyutalarining qadrsizlanişi fonida sömning real samarali almaşuv kursini yil davomida mustahkamlanayotganligi import narxlari orqali inflyatsion bosimlarni yumşatuvçi omil bölib xizmat qilmoqda.
Içki inflyatsion xatarlar
Tartibga solinadigan narxlarni erkinlaştiriş jarayoni davom etayotganligi işlab çiqariş xarajatlari, xizmatlar narxlari ikkilamçi inflyatsion ta’sirlarni kuçaytirişi mumkin.
Mazkur inflyatsion xatarlarning barqaror inflyatsion jarayonlarga aylanişini çeklaş, ehtimoliy ikkilamçi ta’sirlarini yumşatiş hamda inflyatsion kutilmalarning izçil pasayişini ta’minlaş uçun joriy qat’iy pul-kredit şaroitlarini saqlab qoliş zarur deb baholanmoqda.
Markaziy bank inflyatsiya va inflyatsion kutilmalar dinamikasi, içki talab omillari hamda taşqi iqtisodiy şaroitlardagi özgarişlarni diqqat bilan kuzatib boradi va 2027-yil yakuniga qadar inflyatsiyani 5 foizlik targetga tuşiriş uçun zarur bölgan pul-kredit şaroitlarini ta’minlaşda davom etadi.
Brifingni rasmiy Youtube sahifamiz orqali körişingiz mumkin.










