Ushbu nashrda 2019 yilning I choragi uchun to‘lov balansi va xalqaro investitsion pozitsiyasi, shuningdek, tashqi qarz bo‘yicha ma’lumotlar bayon etiladi. Mazkur ma’lumotlar to‘lov balansi va xalqaro investitsion pozitsiya bo‘yicha Qo‘llanmaning oltinchi nashriga (TBQ 6. XVF, 2009 y) muvofiq tayyorlandi.
Markaziy bank 2019 yilning I choragi uchun O‘zbekiston Respublikasining to‘lov balansini, xalqaro investitsion pozitsiyasini va tashqi qarzni tuzish uchun ma’lumotlarni taqdim etishda hamkorlik qilgani uchun vazirliklar, idora va tashkilotlarga o‘z minnatdorchiligini bildiradi hamda keyingi samarali hamkorlikka umid qilib qoladi.