Shrift o‘lchami: A A A
Masshtab: A A A A
Rang: A A A A
Rasmlar: Yoqish O‘chirish

CBU Challenge tanlovining e'loni

Yangilangan sana: 22 Yan 2026, 11:05
14 Dek 2025
Markaziy bank oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda talabalar o‘rtasida CBU Challenge tanlovini e’lon qiladi. Tanlov talabalarning makroiqtisodiy tahlil, prognozlash hamda pul-kredit siyosati sohasidagi amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan.

Tanlovning maqsadlari:
  • talabalarning iqtisodiyot va moliya sohasidagi bilimlarini oshirish;
  • makroiqtisodiy jarayonlarni tahlil qilish va pul-kredit siyosati bo‘yicha qaror qabul qilish ko‘nikmalarini rivojlantirish;
  • moliyaviy savodxonlik, muloqot qilish va jamoada ishlash ko‘nikmalarini oshirish.
Ishtirokchilar:
  • Tanlovda iqtisodiyot va moliya yo‘nalishida tahsil olayotgan bakalavriatning 3–4-bosqich talabalari hamda magistrantlar ishtirok etishi mumkin.
  • Jamoalar 4–5 nafar talaba va bir nafar maslahatchi o‘qituvchidan tashkil topadi.
Tanlov formati:
Tanlov ikki bosqichda o‘tkaziladi:

  • saralash bosqichi – joriy iqtisodiy sharoit bo‘yicha tahliliy taqdimot tayyorlash;
  • yakuniy bosqich – pul-kredit siyosati tahlilini amalga oshirish, asosiy stavka bo‘yicha asoslangan qaror qabul qilish hamda press-reliz taqdim etish.
Mukofotlar:
  • G‘olib jamoalar diplomlar, pul mukofotlari va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadi.
  • Asosiy mukofot — 100 million so‘m.
  • Shuningdek, g‘oliblar Markaziy bankda amaliyot o‘tash imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
Qo‘shimcha ma’lumot:
Tanlovga oid aniq sanalar, ishtirok etish shartlari hamda ariza topshirish tartibi Markaziy bankning rasmiy veb-saytida qo‘shimcha ravishda e’lon qilinadi.

Ro‘yxatdan o‘tish muddati: 10-yanvargacha
  • 12–16-yanvar — tanishtiruv 
  • 9–13-fevral — saralash bosqichi
  • mart oyida — final bosqichi (aniq sana qo‘shimcha ravishda e’lon qilinadi)
Bog‘lanish uchun:
Telefon: +998 71 233 00 65

Elektron pochta: j.mamasalaev@cbu.uz 

Tadbirga oid aniq sanalar qoʻshimcha ravishda Markaziy bankning rasmiy veb-saytida maʼlum qilib boriladi.

Arizalarni qabul qilish 15-dekabrdan boshlanadi. 

Barcha savollaringizni Telegram botimiz orqali yuborishingiz mumkin:
@CBU_Challenge_Bot

USD = 11979.64
-41.58
EUR = 13901.17
-77.1
RUB = 167.52
-2.01
GBP = 16086.26
-73.87
JPY = 75.29
-0.33
CHF = 15237.40
-50.94
CNY = 1763.16
-5.16
Barcha valyutalar
Online доступ к общедоступным информационным ресурсам ЦБ РУз в сети Интернет, с возможностью просматривать и получать обновленную информацию, в том числе сведения о курсах валют.
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X