Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

Interaktiv xizmatlar


INTERAKTIV XIZMATLARGA YO'RIQNOMALAR

Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari – Jismoniy va yuridik shaxslar bank xizmatlari yuzasidan istalgan murojaatlarini yo’llashlari mumkin. Markaziy bank Raisining virtual qabulxonasiga murojaat yo’llashlari, Rahbarlar qabuliga yozilishlari, Tijorat banklarining ishonch telefonlari haqida ma’lumot olishlari hamda yuqoridagi murojaatlari yuzasidan statistik ma’lumotlarga ega bo’lishlari mumkin.

Onlayn shakldagi arizalar – Onlayn shaklda ariza berish orqali turli bank faoliyatlarini yuritish, mikrokredit tashkiloti faoliyatini yuritish, lombard faoliyatini amalga oshirish va shu kabi xizmatlarni amalga oshirish uchun ruxsatnoma olish yuzasidan onlayn ariza berishlari mumkin.

Davlat xizmatlari – O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan ko’rsatiladigan davlat xizmatlari to’g’risida ma’lumot olish mumkin.

Ma’lumot uchun axborotlar – Markaziy bank to’g’risidagi ma’lumotlar, Qimmatli qog’ozlar bozori, bank va sug’urta sektorlari to’g’risida axborotlar, Bank faoliyatini amalga oshirish uchun tijorat banklarini litsenziyalash, Tadbirkorlarni litsenziyalash va davlat tomonidan tartibga solish masalalari va Mikrokredit tashkilotlari hamda lombardlar faoliyatini litsenziyalash va tartibga solish bo’yicha axborotlar olish mumkin.

Yosh tadbirkorlar uchun bank xizmatlari – Bu erdan yosh tadbirkorlar o’z bizneslarini yo’lga qo’yishlari uchun namuna sifatida tijorat banklarining namunaviy biznes rejalaridan foydalanishlari mumkin.

Ko’p beriladigan savollar – Bank xizmatlari yuzasidan ko’p uchraydigan savollarga javob topish mumkin.

Davlat xizmatlarini ko’rsatish reglamenti – Markaziy bank tomonidan ko’rsatiladigan davlat xizmatlari ro’yxati va davlat xizmatlarini ko’rsatish reglamentlari haqida ma’lumot olish mumkin.

Obuna – Saytning materiallariga obuna bo’lish juda oson. O’zingizga qiziqarli rubrikani va elektron pochta manzilingizni ko’rsating. Obuna bo’lish haqidagi ma’lumotlarni jo’natganingizdan keyin, Siz ko’rsatgan manzilga faollashtirish kodi va paroldan iborat xabar keladi. Siz shaxsiy kabinetingizga kirgan holda, obuna rubrikalarini o’zgartirishingiz yoki butunlay obunani bekor qilishingiz mumkin.

So’rovnomalar – Siz uchun Markaziy bankka murojaat qilishning ma’qul usuli bo’yicha so’rovnomaga javob berishingiz mumkin.

Axborot olish uchun so’rovlar – Elektron axborot-so’rov yuborish uchun elektron manzil, Markaziy bankda axborot olish uchun so’rovlarni qabul qilish tartibi, Markaziy bank faoliyatiga doir axborot olish uchun yuborilgan so’rovlarni ko’rib chiqish tartibi to’g’risida ma’lumotlarni olish mumkin.


USD = 12855.93
+11.93
EUR = 13570.72
+20.3
RUB = 128.16
-0.14
GBP = 16287.18
+67.78
JPY = 82.54
-0.99
CHF = 14518.27
-17.72
CNY = 1774.01
+0.76
Barcha valyutalar
Online доступ к общедоступным информационным ресурсам ЦБ РУз в сети Интернет, с возможностью просматривать и получать обновленную информацию, в том числе сведения о курсах валют.
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X