Protokol boshqarmasi yetakchi mutaxassis
Yangilangan sana: 10 Iyul 2026, 16:21
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki markaziy apparati va hududiy bosh boshqarmalaridagi bo‘sh ish o‘rinlarini butlash maqsadida tashkil etiladigan tanlovning suhbat bosqichida beriladigan savollar RO‘YXATI
Talablar
- Xalqaro va milliy sertifikatlarning mavjudligiga ustuvorlik beriladi.
- Davlat tilini mukammal bilishi, barcha xat-hujjatlarni kirill va lotin alifbosida orfografik va grammatik xatolarsiz yoza olishi lozim.
- O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, "O'zbekiston Respublikasining Markaziy banki to'g'risida"gi, "Banklar va bank faoliyati to'g'risida"gi hamda bank tizimiga doir boshqa turdagi qaror va farmonlardan xabardor bo'lish lozim.
- MS Office (Word, Excel, Power Point, Outlook) dasturlarida erkin ishlay olishi lozim.
- Mas'uliyatli hamda jamoa bilan ishlay olishi, yangiliklarga intiluvchan, o'z ustida ishlay olishi lozim.
- Oliy ma'lumot moliya-iqtisod yoki xalqaro munosabatlar yo'nalishida
- Ish tajribasi Bank-moliya yoki xalqaro hamkorlik sohasida 1 yil ish tajriba
- Rus va ingliz tillari B2 darajasida
Ish vazifalari
- Markaziy bank rahbariyati yoki mutaxassislari bilan uchrashuv tashkil etish yuzasidan Markaziy bankka kelib tushgan soʻrovnoma va xatlarni boshqarma rahbariyatiga taqdim qiladi
- Markaziy bankda uchrashuvlar grafigini tuzadi va uchrashuvlarni yuqori saviyada oʻtkazish yuzasidan barcha zarur choralar koʻradi
- Uchrashuv vaqti, joyi va kun tartibidagi masalalar boʻyicha tegishli departamentlarga maʼlumot beradi
- Uchrashuv oʻtkazilishi maqsadga muvofiq boʻlmagan soʻrov va xatlarga yozma yoki ogʻzaki ravishda sabablari haqida maʼlumot beradi
- Har oyning yakunida boʻlib oʻtgan uchrashuvlar boʻyicha yozma maʼlumotni tayyorlaydi
Ingliz tili
B2
Rus tili
B2
Ariza muddati: 14 Iyul 2026Test bo'lish sanasi va vaqti: 16 Iyul 2026, 10:00
Rezyume jo‘natish
Ariza berish uchun, namunani yuklab oling, uni quyida keltirilgan forma yordamida to’ldiring va jo’nating.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining resume shakli