Kompensatsiyalar va samaradorlikni boshqarish boshqarmasi (KPI) katta mutaxassisi
Yangilangan sana: 10 Iyul 2026, 16:23
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki markaziy apparati va hududiy bosh boshqarmalaridagi bo‘sh ish o‘rinlarini butlash maqsadida tashkil etiladigan tanlovning suhbat bosqichida beriladigan savollar RO‘YXATI
Talablar
- Xalqaro va milliy sertifikatlarning mavjudligiga ustuvorlik beriladi.
- Davlat tilini mukammal bilishi, barcha xat-hujjatlarni kirill va lotin alifbosida orfografik va grammatik xatolarsiz yoza olishi lozim.
- O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, "O'zbekiston Respublikasining Markaziy banki to'g'risida"gi, "Banklar va bank faoliyati to'g'risida"gi hamda bank tizimiga doir boshqa turdagi qaror va farmonlardan xabardor bo'lish lozim.
- MS Office (Word, Excel, Power Point, Outlook) dasturlarida erkin ishlay olishi lozim.
- Mas'uliyatli hamda jamoa bilan ishlay olishi, yangiliklarga intiluvchan, o'z ustida ishlay olishi lozim.
- Iqtisodiyot va moliya, menejment, tashkiliy rivojlanish, HR yoki unga yaqin yo‘nalishlar bo‘yicha oliy ma’lumot
- Yirik yoki murakkab tashkiliy tuzilmaga ega tashkilotlarda HR, Performance Management, tashkiliy rivojlanish yoki moliyaviy-iqtisodiy yo‘nalishlarda kamida 2 yillik professional ish tajribasi. KPI tizimlari, natijadorlikni baholash metodologiyalari hamda Job Grading System jarayonlarini ishlab chiqish va joriy etish bo‘yicha tasdiqlangan tajribaga ega bo‘lish.
- Rus va ingliz tillarini B1 darajada bilishi talab etiladi
Ish vazifalari
- Job Grading System metodologiyasini ishlab chiqish: greyd tizimining maqsadlari, tamoyillari va arxitekturasini belgilaydi, lavozimlar klassifikatsiyasi hamda mehnatga haq to‘lash tizimi, jumladan kompensatsiyalar va imtiyozlar — Total Reward o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni shakllantiradi.
- Performance Management yillik siklini muvofiqlashtirish: elektron tizimda natijadorlikni boshqarishning to‘liq siklini muvofiqlashtiradi, jumladan maqsadlarni belgilash, ijro holatini monitoring qilish, oraliq muhokamalar, yakuniy baholash hamda natijalarni kalibrlash jarayonlarini tashkil etadi.
- Monitoring, tahlil va hisobotlarni yuritish: ish haqi setkasi bo‘yicha ma’lumotlarni, jumladan Markaziy bank xodimlari soni bo‘yicha reja-fakt tahlili, ularning greydlari va lavozim maoshlarini tahlil qiladi, boshqaruv hisobotlari hamda tavsiyalar tayyorlaydi, bo‘linmalar va xodimlar faoliyati samaradorligini oshirish bo‘yicha tendensiyalar hamda takomillashtirish yo‘nalishlarini aniqlaydi.
- Mehnatga haq to‘lash fondi, boshqa to‘lovlar, imtiyozlar va rag‘batlantirish xarajatlari bo‘yicha budjetni o‘z vaqtida hamda sifatli shakllantirish: mehnat bozori, ish haqi darajalari bo‘yicha tahlil natijalari hamda ish haqini qayta ko‘rib chiqish bo‘yicha tasdiqlangan foiz asosida budjetni ishlab chiqadi. Budjetni shakllantirishda xodimlar soni bo‘yicha R2R (Ready to Run) rejasi va shtat jadvaliga asoslanadi.
Ingliz tili
Talab qilinmaydi
Rus tili
B1
Ariza muddati: 14 Iyul 2026
Test bo'lish sanasi va vaqti: 16 Iyul 2026, 10:00
Rezyume jo‘natish
Ariza berish uchun, namunani yuklab oling, uni quyida keltirilgan forma yordamida to’ldiring va jo’nating.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining resume shakli