Ma'muriy ishlar boshqarmasi yetakchi mutaxassisi
Yangilangan sana: 10 Iyul 2026, 16:17
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki markaziy apparati va hududiy bosh boshqarmalaridagi bo‘sh ish o‘rinlarini butlash maqsadida tashkil etiladigan tanlovning suhbat bosqichida beriladigan savollar RO‘YXATI
Talablar
- Xalqaro va milliy sertifikatlarning mavjudligiga ustuvorlik beriladi.
- Davlat tilini mukammal bilishi, barcha xat-hujjatlarni kirill va lotin alifbosida orfografik va grammatik xatolarsiz yoza olishi lozim.
- O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, "O'zbekiston Respublikasining Markaziy banki to'g'risida"gi, "Banklar va bank faoliyati to'g'risida"gi hamda bank tizimiga doir boshqa turdagi qaror va farmonlardan xabardor bo'lish lozim.
- MS Office (Word, Excel, Power Point, Outlook) dasturlarida erkin ishlay olishi lozim.
- Mas'uliyatli hamda jamoa bilan ishlay olishi, yangiliklarga intiluvchan, o'z ustida ishlay olishi lozim.
- Oliy iqtisodiy ma'lumot
- Bank-moliya, iqtisod yo'nalishida 1 yil ish tajribasi
- Rus tili B1 darajasida
Ish vazifalari
- Boshqarma ish faoliyatidagi topshiriq va koʻrsatmalar ijrosini amalga oshiradi va ular haqida hisobot beradi;
- Tovar-moddiy boyliklarini yetkazib beruvchi tashkilotlar, tegishli xizmat koʻrsatuvchi korxonalar bilan tuzilgan shartnomalarning shartlarini oʻz vaqtida bajarilishini taʼminlaydi;
- Yuklatilgan masalalar va vazifalarni malakali, tez va muddatida hal etishni taʼminlaydi;
- Tovar-moddiy boyliklarni olishda ularning butligi, soni hamda tegishli mutaxassislar bilan birgalikda ularning sifatini tekshirib oladi;
- Boshqarma faoliyatida Markaziy bank farmoyish, topshiriq va koʻrsatmalari ijrosini qonunchilikda oʻrnatilgan tartibda amalga oshiradi;
Ingliz tili
Talab qilinmaydi
Rus tili
B1
Ariza muddati: 14 Iyul 2026
Test bo'lish sanasi va vaqti: 16 Iyul 2026, 10:00
Rezyume jo‘natish
Ariza berish uchun, namunani yuklab oling, uni quyida keltirilgan forma yordamida to’ldiring va jo’nating.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining resume shakli