Normativ-huquqiy hujjatlar boshqarmasi bosh yuriskonsulti
Yangilangan sana: 10 Iyul 2026, 16:15
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki markaziy apparati va hududiy bosh boshqarmalaridagi bo‘sh ish o‘rinlarini butlash maqsadida tashkil etiladigan tanlovning suhbat bosqichida beriladigan savollar RO‘YXATI
Talablar
- Xalqaro va milliy sertifikatlarning mavjudligiga ustuvorlik beriladi.
- Davlat tilini mukammal bilishi, barcha xat-hujjatlarni kirill va lotin alifbosida orfografik va grammatik xatolarsiz yoza olishi lozim.
- O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, "O'zbekiston Respublikasining Markaziy banki to'g'risida"gi, "Banklar va bank faoliyati to'g'risida"gi hamda bank tizimiga doir boshqa turdagi qaror va farmonlardan xabardor bo'lish lozim.
- MS Office (Word, Excel, Power Point, Outlook) dasturlarida erkin ishlay olishi lozim.
- Mas'uliyatli hamda jamoa bilan ishlay olishi, yangiliklarga intiluvchan, o'z ustida ishlay olishi lozim.
- Oliy yuridik ma'lumot
- Yuridik xizmatda kamida 2 yil ish tajribasi
- Rus tili B1 darajasida
Ish vazifalari
- Markaziy bank vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqishda ishtirok etish
- Ekspertizadan oʻtkazish yoki kelishish uchun taqdim etilgan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini huquqiy, gender ekspertizadan oʻtkazish, ularning qonunchilikka, qonunchilik texnikasi qoidalariga, havola qiluvchi normalar qoʻllanilishining asosliligi va maqsadga muvofiqligi, shuningdek ularda korrupsiyaga sabab boʻladigan omillarning mavjud emasligi tekshirish
- Markaziy bankning norma ijodkorligi faoliyatiga “aqlli tartibga solish” vositalarini tadbiq etish maqsadida Markaziy bankda normativ-huquqiy hujjat loyihalari qabul qilinishi natijasida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan ehtimoliy oqibatlarni baholash, shuningdek, normativ-huquqiy hujjatning tartibga solish maqsadlariga erishilganligini, samaradorligini hamda tartibga solish vositalarini oʻrnatilgan tartibda tegishli tarkibiy boʻlinmalar bilan birgalikda taʼminlash
- Markaziy bankda normativ-huquqiy hujjatlar va ularning loyihalarini tartibga solish taʼsirini baholash (TSTB)dan oʻtkazilishini taʼminlash, tarkibiy boʻlinmalarga TSTB hisobotini tayyorlash yuzasidan uslubiy yordam koʻrsatish
- Markaziy bank rahbariyati uchun qonunchilik masalalari boʻyicha tahliliy materiallar tayyorlash
- Qonunchilikka kiritilgan oʻzgartirishlar haqidagi maʼlumotlarni, Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining huquqiy ishlarga taalluqli koʻrsatmalarini Markaziy bank tizimi xodimlariga yetkazilishini taʼminlash
- Markaziy bankning normativ-huquqiy hujjatlarini Yuridik departament tomonidan ishlab chiqilishini yoxud boshqa tarkibiy boʻlinmalar tomonidan ularni ishlab chiqilishida hamda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga huquqiy ekspertizadan oʻtkazish va davlat roʻyxatiga olish uchun yuborishda ishtirok etish.
Ingliz tili
Talab qilinmaydi
Rus tili
B1
Ariza muddati: 14 Iyul 2026
Test bo'lish sanasi va vaqti: 16 Iyul 2026, 10:00
Rezyume jo‘natish
Ariza berish uchun, namunani yuklab oling, uni quyida keltirilgan forma yordamida to’ldiring va jo’nating.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining resume shakli