Tijorat banklarida davlat maqsadli dasturlari ijrosini monitoring qilish boshqarmasi Tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va aholi bandligini ta’minlash bo‘limi bosh iqtisodchisi
Yangilangan sana: 22 Apr 2026, 11:03
Talablar
- Xalqaro va milliy sertifikatlarning mavjudligiga ustuvorlik beriladi.
- Davlat tilini mukammal bilishi, barcha xat-hujjatlarni kirill va lotin alifbosida orfografik va grammatik xatolarsiz yoza olishi lozim.
- O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, "O'zbekiston Respublikasining Markaziy banki to'g'risida"gi, "Banklar va bank faoliyati to'g'risida"gi hamda bank tizimiga doir boshqa turdagi qaror va farmonlardan xabardor bo'lish lozim.
- MS Office (Word, Excel, Power Point, Outlook) dasturlarida erkin ishlay olishi lozim.
- Mas'uliyatli hamda jamoa bilan ishlay olishi, yangiliklarga intiluvchan, o'z ustida ishlay olishi lozim.
- Oliy ma'lumoti: Iqtisodiyot yo'nalishida
- 3 yil bank tizimida ish tajribasiga ega bo‘lishi lozim
- Rus tili - B2 darajasida
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining aholi bandligini ta’minlash va tadbirkorlikka jalb etish doirasida qabul qilgan hamda 2025-yil 14-fevral kungi “Yoshlar tadbirkorligini hamda ularning bandligini ta’minlashga qaratilgan biznes loyihalarni qo‘llab-quvvatlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-60, “Oliy ta’lim tashkilotlari bitiruvchilarining ishga joylashishiga ko‘maklashish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-61, “Yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish va bandligini ta’minlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-62-sonli qarorlari va ushbu sohaga oid me’yoriy hujjatlarni bilishi lozim
Ish vazifalari
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi “2026 yilda hududlarni yangicha yondashuvlar asosida rivojlantirish orqali aholi daromadini oshirish, barqaror ish o‘rinlarini yaratish hamda kambag‘allikni qisqartirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-49-sonli qarori ijrosi yuzasidan tijorat banklari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar hisobini yuritish hamda muntazam ravishda tahliliy ma’lumotlar tayyorlab borish;
- “Bir kontur-bir mahsulot” tamoyili hamda superloyihalarni bank.kredit.uz sayti orqali Respublika Markaziy banki, tijorat banklari bilan ma’lumotlar almashinuvini yuritish, ma’lumotlar tayyorlash, ularni joyiga chiqqan holda o‘rganish hamda tegishli hisobotlarni yuritib borish;
- “Ayollar daftari” bo‘yicha manzilli ro‘yxat asosida biriktirilgan banklar orqali kredit ajratilishi yuzasidan tahliliy ma’lumotlar tayyorlab, doimiy bank rahbariyati va viloyat shtabiga kiritib borish;
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining virtual qabulxonasi, yuqori tashkilotlar va “Ishonch telefoni” orqali kelib tushayotgan jismoniy va yuridik shaxslarning ariza, shikoyatlarni o‘rganish;
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon, qaror va farmoyishlarida bank tizimiga yuklatilgan topshiriqlar ijrosini tashkil etish yuzasidan tijorat banklariga ko‘rsatma xatlari yuborish, belgilangan muddatlarda va sifatli bajarilishi yuzasidan ishlarni muvofiqlashtirish hamda amalga oshirilgan ishlar yuzasidan tegishli ma’lumotlarni muntazam rahbariyatga kiritib borish.
Rezyume jo‘natish
Ariza berish uchun, namunani yuklab oling, uni quyida keltirilgan forma yordamida to’ldiring va jo’nating.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining resume shakli