Ma’muriy xo’jalik boshqarmasi Xo’jalik bo’limi yetakchi mutaxassisi
Yangilangan sana: 10 Iyul 2026, 16:38
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki markaziy apparati va hududiy bosh boshqarmalaridagi bo‘sh ish o‘rinlarini butlash maqsadida tashkil etiladigan tanlovning suhbat bosqichida beriladigan savollar RO‘YXATI
Talablar
- Xalqaro va milliy sertifikatlarning mavjudligiga ustuvorlik beriladi.
- Davlat tilini mukammal bilishi, barcha xat-hujjatlarni kirill va lotin alifbosida orfografik va grammatik xatolarsiz yoza olishi lozim.
- O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, "O'zbekiston Respublikasining Markaziy banki to'g'risida"gi, "Banklar va bank faoliyati to'g'risida"gi hamda bank tizimiga doir boshqa turdagi qaror va farmonlardan xabardor bo'lish lozim.
- MS Office (Word, Excel, Power Point, Outlook) dasturlarida erkin ishlay olishi lozim.
- Mas'uliyatli hamda jamoa bilan ishlay olishi, yangiliklarga intiluvchan, o'z ustida ishlay olishi lozim.
- Oliy ma'lumot
- Xo'jalik ishlari bo'yicha 2 yil ish tajribasi
- Rus tili B1 darajasida
Ish vazifalari
- Bosh boshqarma boshlig‘i, uning o‘rinbosarlari hamda Tarkibiy boshqarma boshlig‘i tomonidan berilgan topshiriqlarni o‘z vaqtida bajarilishini ta’minlaydi.
- Boshqarmada amaldagi qonunlar, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari va qarorlari, Markaziy bank qarorlari, farmoyishlari va me’yoriy hujjatlari, Hukumat qarorlari va farmoyishlari talablarini bajarilishini ta’minlaydi.
- O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, bank sohasiga oid O‘zbekiston Respublikasi Qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari, qarorlari, Vazirlar Mahkamasining tegishli qarorlari, Markaziy bank tomonidan ishlab chiqilgan me’yoriy-huquqiy hujjatlarni, kompyuter texnikasidan mukammal foydalanishni, ichki mehnat tartibi, mehnatni muhofaza qilish, texnika xavfsizligi, elektr va yong‘in xavfsizligi qoidalarini bilishi lozim.
Ingliz tili
Talab qilinmaydi
Rus tili
B1
Ariza muddati: 14 Iyul 2026Test bo'lish sanasi va vaqti: 16 Iyul 2026, 10:00
Rezyume jo‘natish
Ariza berish uchun, namunani yuklab oling, uni quyida keltirilgan forma yordamida to’ldiring va jo’nating.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining resume shakli