Shrift o‘lchami: A A A
Masshtab: A A A A
Rang: A A A A
Rasmlar: Yoqish O‘chirish

Narxlar va iqtisodiy kutilmalarni o‘rganish bo‘limi yetakchi iqtisodchi

Yangilangan sana: 22 Apr 2026, 11:04
Talablar

  • Xalqaro va milliy sertifikatlarning mavjudligiga ustuvorlik beriladi.
  • Davlat tilini mukammal bilishi, barcha xat-hujjatlarni kirill va lotin alifbosida orfografik va grammatik xatolarsiz yoza olishi lozim.
  • O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, "O'zbekiston Respublikasining Markaziy banki to'g'risida"gi, "Banklar va bank faoliyati to'g'risida"gi hamda bank tizimiga doir boshqa turdagi qaror va farmonlardan xabardor bo'lish lozim.
  • MS Office (Word, Excel, Power Point, Outlook) dasturlarida erkin ishlay olishi lozim.
  • Mas'uliyatli hamda jamoa bilan ishlay olishi, yangiliklarga intiluvchan, o'z ustida ishlay olishi lozim.
  • Moliya, iqtisod, bank ishi yo‘nalishida oliy ma’lumot
  • Bank yoki iqtisodiy sohada 2 yilllik ish tajribasi hamda yuqori bilim va tajribaga ega bo‘lishi
  • Rus tili B1 darajasida

Ish vazifalari

  • Tovarlar va xizmatlar iste’mol narxlari o’zgarishlari monitoringini amalga oshirish hamda har haftada Markaziy bankning Pul-kredit siyosati departamentiga o’z vaqtida taqdim etish, shuningdek, olingan ma’lumotlar asosida narxlar dinamikasi va ularga ta’sir qiluvchi omillarni o’rganib borish.
  • Asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari narxlaridagi o’zgarishlar sababini hamda kelgusidagi kutilmalarni o’rganish maqsadida hududdagi fermer va dehqon xo’jaliklari, yirik ishlab chiqaruvchilar, ulgurji va chakana savdo korxonalari vakillari bilan yuzma-yuz uchrashuvlar o’tkazgan holda ma’lumotlarni umumlashtirish.
  • Hududda joylashgan iqtisodiyotning real sektori korxonalari bo’yicha davriy (choraklik) so’rovnoma o’tkazish va natijalarini Markaziy bankning Statistika va tadqiqotlar departamentiga taqdim etib borish
  • Hududdagi davlat chegarasidan o’tish punktlari orqali Respublika hududiga kirib keluvchi rezident va norezidentlar o’rtasida so’rovlar o’tkazib, shakllantirilgan jamlanma hisobotini O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankiga taqdim etish.

Rezyume jo‘natish

Ariza berish uchun, namunani yuklab oling, uni quyida keltirilgan forma yordamida to’ldiring va jo’nating.

xlsx 22.2 КБ
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining resume shakli
Faylning maksimal hajmi 3.00 MB
* To‘ldirish majburiy bo‘lgan katakchalar
Rezyume jo‘natildi

O‘zbekison Respublikasi Markaziy banki siz tomoningizdan yuborilgan arizani ko’rib chiqadi.

Sizning nomzodingizga qiziqish paydo bo’lgan taqdirda, xodimlarni jalb qilish bo'yicha mutaxassislar siz bilan albatta bog'lanadi.

USD = 11993.53
+40.8
EUR = 14054.02
+32.27
RUB = 158.52
-0.96
GBP = 16262.03
+13.49
JPY = 76.41
+0.07
CHF = 15313.50
+20.86
CNY = 1755.93
+5.43
Barcha valyutalar
Online доступ к общедоступным информационным ресурсам ЦБ РУз в сети Интернет, с возможностью просматривать и получать обновленную информацию, в том числе сведения о курсах валют.
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X