Buxgalteriya hisobi, hisoboti va moliyaviy-iqtisodiy faoliyat boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari
Yangilangan sana: 22 Apr 2026, 11:05
Talablar
- Xalqaro va milliy sertifikatlarning mavjudligiga ustuvorlik beriladi.
- Davlat tilini mukammal bilishi, barcha xat-hujjatlarni kirill va lotin alifbosida orfografik va grammatik xatolarsiz yoza olishi lozim.
- O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, "O'zbekiston Respublikasining Markaziy banki to'g'risida"gi, "Banklar va bank faoliyati to'g'risida"gi hamda bank tizimiga doir boshqa turdagi qaror va farmonlardan xabardor bo'lish lozim.
- MS Office (Word, Excel, Power Point, Outlook) dasturlarida erkin ishlay olishi lozim.
- Mas'uliyatli hamda jamoa bilan ishlay olishi, yangiliklarga intiluvchan, o'z ustida ishlay olishi lozim.
- Moliya, iqtisod yo‘nalishida oliy ma’lumot
- Bank tizimida 5 yillik ish tajribasi talab etiladi
- Rus va ingliz tillari B1 darajasida
Ish vazifalari
- Har oy о‘rnatilgan muddatdan kechikmagan holda bosh boshqarma xodimlarining ish haqi va unga tenglashtirilgan tо‘lovlaridan ushlangan daromad solig‘i va yagona ijtimoiy tо‘lovlar tо‘g‘risidagi oylik, choraklik va yillik hisobotlarni tuzish va о‘z vaqtida hududiy soliq organlariga taqdim etish;
- Markaziy bank viloyat bosh boshqarmasi va xо‘jalik yurituvchi subyektlar о‘rtasida tuziladigan shartnomalarni vakolatli komissiya muhokamasida kо‘rib chiqish, komissiya bayonnomasini tayyorlash va rо‘yxatga olish hamda komissiya qaroriga muvofiq shartnomalarni rasmiylashtirish, tо‘lovlarni о‘z vaqtida amalga oshirish hamda belgilangan tartibda tovar va xizmatlarni о‘z muddatlarida bajarilishi yoki bank omboriga kirim qilinishini ta’minlaydi;
- Bosh boshqarma rahbariyati va Bosh buxgalteri tomonidan berilgan qo‘shimcha topshiriq hamda vazifalarni bajaradi. Tijorat bank filiallarining balans hisoboti asosida ma’lumotlar tuzib, bank rahbariyatiga taqdim etadi, Yillik daromadlar va xarajatlar moliyaviy rejasini tayyorlaydi.
Rezyume jo‘natish
Ariza berish uchun, namunani yuklab oling, uni quyida keltirilgan forma yordamida to’ldiring va jo’nating.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining resume shakli