Shrift o‘lchami: A A A
Masshtab: A A A A
Rang: A A A A
Rasmlar: Yoqish O‘chirish

Rahbariyat qoshida bosh mutaxassis

Yangilangan sana: 10 Iyul 2026, 16:31
pdf 1.7 МБ
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki markaziy apparati va hududiy bosh boshqarmalaridagi bo‘sh ish o‘rinlarini butlash maqsadida tashkil etiladigan tanlovning suhbat bosqichida beriladigan savollar RO‘YXATI

Talablar
  • Xalqaro va milliy sertifikatlarning mavjudligiga ustuvorlik beriladi.
  • Davlat tilini mukammal bilishi, barcha xat-hujjatlarni kirill va lotin alifbosida orfografik va grammatik xatolarsiz yoza olishi lozim.
  • O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, "O'zbekiston Respublikasining Markaziy banki to'g'risida"gi, "Banklar va bank faoliyati to'g'risida"gi hamda bank tizimiga doir boshqa turdagi qaror va farmonlardan xabardor bo'lish lozim.
  • MS Office (Word, Excel, Power Point, Outlook) dasturlarida erkin ishlay olishi lozim.
  • Mas'uliyatli hamda jamoa bilan ishlay olishi, yangiliklarga intiluvchan, o'z ustida ishlay olishi lozim.
  • Oliy iqtisodiy yoki yuridik ma'lumot
  • Bank tizimida kamida 2 yil ish tajribasi
  • Rus va ingliz tillari B2 darajasida
Ish vazifalari
  • Hududiy bosh boshqarmada xodimlar mansab yoki xizmat majburiyatlarini bajarishida yuzaga kelgan yoki yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan manfaatlar to‘qnashuvi holatlarini aniqlash hamda manfaatlar to‘qnashuvi holatlarini oldini olish va boshqarish yuzasidan Markaziy bank Odob-axloq komissiyasiga taklif kiritadi;
  • Hududiy bosh boshqarmada korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha faoliyatni takomillashtiradi, korrupsiyaga qarshi kurashish borasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisobotlarni Markaziy bank Komplaens-nazorat xizmatiga va hududiy bosh boshqarma rahbariyatiga kiritib boradi;
  • Hududiy bosh boshqarmada korrupsiyaviy xavf-xatarlarni aniqlash va ularni bartaraf etishga qaratilgan chora-tadbirlar ishlab chiqadi;
  • Davlat xaridlarini amalga oshirishda manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ymaslik choralarini ko‘rish, davlat xaridlaribo‘yicha preventiv o‘rganishlarni amalga oshiradi;
  • Mehnat jamoasida korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish, manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ymaslik va odob-axloq qoidalariga rioya qilish bo‘yicha targ‘ibot va tashviqot ishlarini tashkil etadi.

Ingliz tili

B2

Rus tili

B2


Ariza muddati: 14 Iyul 2026
Test bo'lish sanasi va vaqti: 16 Iyul 2026, 10:00

Rezyume jo‘natish

Ariza berish uchun, namunani yuklab oling, uni quyida keltirilgan forma yordamida to’ldiring va jo’nating.

xlsx 22.2 КБ
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining resume shakli
Faylning maksimal hajmi 3.00 MB
* To‘ldirish majburiy bo‘lgan katakchalar
Rezyume jo‘natildi

O‘zbekison Respublikasi Markaziy banki siz tomoningizdan yuborilgan arizani ko’rib chiqadi.

Sizning nomzodingizga qiziqish paydo bo’lgan taqdirda, xodimlarni jalb qilish bo'yicha mutaxassislar siz bilan albatta bog'lanadi.

USD = 12092.87
+16.89
EUR = 13824.57
+24.14
RUB = 157.13
-0.19
GBP = 16194.77
+0.88
JPY = 74.65
+0.03
CHF = 14942.38
-23.51
CNY = 1784.37
+2.36
Barcha valyutalar
Online доступ к общедоступным информационным ресурсам ЦБ РУз в сети Интернет, с возможностью просматривать и получать обновленную информацию, в том числе сведения о курсах валют.
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X