Safarbar etish ishlari va fuqarolarni himoyalash bo‘yicha muxandis
Yangilangan sana: 10 Iyul 2026, 16:34
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki markaziy apparati va hududiy bosh boshqarmalaridagi bo‘sh ish o‘rinlarini butlash maqsadida tashkil etiladigan tanlovning suhbat bosqichida beriladigan savollar RO‘YXATI
Talablar
- Xalqaro va milliy sertifikatlarning mavjudligiga ustuvorlik beriladi.
- Davlat tilini mukammal bilishi, barcha xat-hujjatlarni kirill va lotin alifbosida orfografik va grammatik xatolarsiz yoza olishi lozim.
- O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, "O'zbekiston Respublikasining Markaziy banki to'g'risida"gi, "Banklar va bank faoliyati to'g'risida"gi hamda bank tizimiga doir boshqa turdagi qaror va farmonlardan xabardor bo'lish lozim.
- MS Office (Word, Excel, Power Point, Outlook) dasturlarida erkin ishlay olishi lozim.
- Mas'uliyatli hamda jamoa bilan ishlay olishi, yangiliklarga intiluvchan, o'z ustida ishlay olishi lozim.
- Oliy ma'lumotga ega bo'lishi talab etiladi
- Harbiy safarbarlik ishlarini olib borish bilan bog‘liq bo‘lgan lavozimda uch yildan kam bo‘lmagan ish staji hamda qurolli kuchlar rahbarlik lavozimlarida 5 yildan kam bo‘lmagan harbiy xizmat bo‘lishi
- Rus tili B2 darajasida
Ish vazifalari
- Markaziy bank tizimida fuqaro muhofazasi ishlarini tashkil etish, tegishli me’yoriy hujjatlarni ishlab chiqish va amalda tadbiq etish
- Favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish, xodimlar va ularning oila a’zolari hayoti va salomatligi, moddiy va ma’naviy qadriyatlarni muhofaza qilish, shuningdek tinchlik va urush vaqtida favqulodda vaziyatlar vujudga kelganda ularning oqibatlarini tugatish hamda zararlarini kamaytirish chora-tadbirlarini rejalashtirish va amalga oshirish
- Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bunday hollardagi xatti-harakatlarni boshqarishni tashkil etish, yirik favqulodda vaziyatlarni bartaraf qilish ishlari uchun zarur bo‘lgan kuch va vositalarni tashkil etish, oldindan tayyorlash va ularning tayyorligini nazorat qilish, ob’ektning ishchi va xodimlarini ommaviy qirg‘in qurollaridan muhofaza qilish chora-tadbirlarini oldindan rejalashtirish
- Rahbar va qo‘mondon-boshliq tarkibni, xodimlarni va fuqaro muhofazasi kuchlarini tayyorlash, o‘qitish, ta’minlash va doimiy tayyorligini nazorat qilish
Ingliz tili
Talab qilinmaydi
Rus tili
B2
Ariza muddati: 14 Iyul 2026Test bo'lish sanasi va vaqti: 16 Iyul 2026, 10:00
Rezyume jo‘natish
Ariza berish uchun, namunani yuklab oling, uni quyida keltirilgan forma yordamida to’ldiring va jo’nating.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining resume shakli