To‘lov tizimlari infratuzilmalari va axborot texnologiyalari bo‘limi bosh mutaxassisi
Yangilangan sana: 22 Apr 2026, 11:01
Talablar
- Xalqaro va milliy sertifikatlarning mavjudligiga ustuvorlik beriladi.
- Davlat tilini mukammal bilishi, barcha xat-hujjatlarni kirill va lotin alifbosida orfografik va grammatik xatolarsiz yoza olishi lozim.
- O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, "O'zbekiston Respublikasining Markaziy banki to'g'risida"gi, "Banklar va bank faoliyati to'g'risida"gi hamda bank tizimiga doir boshqa turdagi qaror va farmonlardan xabardor bo'lish lozim.
- MS Office (Word, Excel, Power Point, Outlook) dasturlarida erkin ishlay olishi lozim.
- Mas'uliyatli hamda jamoa bilan ishlay olishi, yangiliklarga intiluvchan, o'z ustida ishlay olishi lozim.
- Ma'lumoti: Oliy Axborot texnologiyalari yo'nalishida
- Ish tajribasi: Bank tizimida axborot texnologiyalari yo'nalishida 2 yillik ish tajriba talab etiladi
- Xorijiy tillarni bilishi: Rus va ingliz tillari - B1 darajasida
Ish vazifalari
- Kompyuter texnologiyalarini boshqarish tizimini tashkil qilishi, tizimda ishlatiladigan dasturlarni muammosiz ishlashini taʼminlash. Mavjud kompyuterlarni texnik holatini tekshirish, ularni doimiy soz xolatda bo‘lishini taʼminlash va profilaktika ishlarini amalga oshiradi.
- Lokal hisoblash tarmog‘i, internet va telekommunikatsion tizimni (IP-telefoniya va shaxar telefonlari) uzluksiz ishlashini hamda tashkil etilgan videokonferensiyalar va muloqotlarni samarali o‘tishini taʼminlash.
- Bank kartalari infratuzilmasini (jumladan, terminallar, bankomatlar, infokiosklar tarmog‘ini) kengaytirish orqali naqd pulsiz hisob-kitoblarni joriy etish bo‘yicha ishlarni monitoringini yuritish.
Rezyume jo‘natish
Ariza berish uchun, namunani yuklab oling, uni quyida keltirilgan forma yordamida to’ldiring va jo’nating.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining resume shakli