Raqamli texnologiyalar vositasida sodir etiladigan huquqbuzarliklarga qarshi kurashish hamda kibertahdidlardan himoya qilish shu’basi bosh mutaxassisi
Yangilangan sana: 22 Apr 2026, 11:02
Talablar
- Xalqaro va milliy sertifikatlarning mavjudligiga ustuvorlik beriladi.
- Davlat tilini mukammal bilishi, barcha xat-hujjatlarni kirill va lotin alifbosida orfografik va grammatik xatolarsiz yoza olishi lozim.
- O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, "O'zbekiston Respublikasining Markaziy banki to'g'risida"gi, "Banklar va bank faoliyati to'g'risida"gi hamda bank tizimiga doir boshqa turdagi qaror va farmonlardan xabardor bo'lish lozim.
- MS Office (Word, Excel, Power Point, Outlook) dasturlarida erkin ishlay olishi lozim.
- Mas'uliyatli hamda jamoa bilan ishlay olishi, yangiliklarga intiluvchan, o'z ustida ishlay olishi lozim.
- Ma'lumoti: Axborot texnologiyalari yo'nalishida oliy ma'lumot
- Ushbu sohada 3 yillik ish tajriba talab etiladi
- Rus tili - B2 darajasida
Ish vazifalari
- Bank kartalari bilan bog‘liq firibgarlik holatlari bo‘yicha tijorat banklari filiallari va huquqni muhofaza qiluvchi organlarning hududiy boshqarmalari o‘rtasida ma’lumot almashinuvini muvofiqlashtirish va nazorat qilish
- Hududlardagi tijorat banklari filiallarida kiberxavfisizlik ta’minlanganlik holatini tekshirish, ma’lumotlarni yig‘ish va tahlil qilish
- Raqamli texnologiyalar vositasida sodir etiladigan huquqbuzarliklarning oldini olish bo‘yicha aholi vakillari va mutaxassislar uchun seminarlar o‘tkazish
- Markaziy bank “CERT-CBU” kiberxavfsizlik markazi rahbariyatining topshiriqlarini sifatli va o‘z vaqtida bajarish
Rezyume jo‘natish
Ariza berish uchun, namunani yuklab oling, uni quyida keltirilgan forma yordamida to’ldiring va jo’nating.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining resume shakli