To‘lov tizimlari infratuzilmalari va axborot texnologiyalari bo‘limi bosh mutaxassisi
Majburiyatlar:
-
Viloyat tijorat banklariga bo‘lim vakolati doirasida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki va Bosh boshqarmaning topshiriqlarini bajarish bo‘yicha topshiriqlar beradi hamda ijrosi yuzasidan nazoratni amalga oshiradi;
-
Axborot tizimlari ishida sodir bo‘lgan uzilishlarni bartaraf qilish choralarini ko‘radi
-
Bosh boshqarmada elektron hujjatlar aylanishi tizimidan foydalanishni tashkil qilishda ishtirok etadi
-
Tijorat banklari tomonidan muomalaga chiqarilgan plastik kartochkalar, o‘rnatilgan terminlar va bankomatlar bo‘yicha hisobotlarni yig‘adi, umumlashtiradi va tahlil qiladi, prognoz rejalarni bajarilishini nazorat qiladi
Talablar:
-
Maʼlumoti: Oliy (Axborot texnologiyalari yo‘nalishida oliy maʼlumot)
-
Ish tajribasi: Ushbu yo‘nalishda kamida 2 yillik ish tajribasi talab etiladi
-
Davlat tilini mukammal bilishi, barcha xat-hujjatlarni kirill va lotin alifbosida orfografik va grammatik xatolarsiz yoza olishi lozim.
-
Chet tillarni bilish darajasi: rus tili B1, ingliz tili B1 darajasida
-
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi, “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi hamda bank tizimiga doir boshqa turdagi qaror va farmonlardan xabardor bo‘lish lozim.
-
MS Office (Word, Excel, Power Point, Outlook) dasturlarida erkin ishlay olishi lozim.
-
Masʼuliyatli hamda jamoa bilan ishlay olishi, yangiliklarga intiluvchan, o‘z ustida ishlay olishi lozim.
Rezyume jo‘natish
Ariza berish uchun, namunani yuklab oling, uni quyida keltirilgan forma yordamida to’ldiring va jo’nating.