Shrift o‘lchami: A A A
Masshtab: A A A A
Rang: A A A A
Rasmlar: Yoqish O‘chirish

Tijorat banklarida davlat maqsadli dasturlari ijrosini monitoring qilish boshqarmasi Tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va axoli bandligini ta’minlash bo‘limi bosh iqtisodchisi

Yangilangan sana: 22 Apr 2026, 10:58
Talablar

  • Xalqaro va milliy sertifikatlarning mavjudligiga ustuvorlik beriladi.
  • Davlat tilini mukammal bilishi, barcha xat-hujjatlarni kirill va lotin alifbosida orfografik va grammatik xatolarsiz yoza olishi lozim.
  • O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, "O'zbekiston Respublikasining Markaziy banki to'g'risida"gi, "Banklar va bank faoliyati to'g'risida"gi hamda bank tizimiga doir boshqa turdagi qaror va farmonlardan xabardor bo'lish lozim.
  • MS Office (Word, Excel, Power Point, Outlook) dasturlarida erkin ishlay olishi lozim.
  • Mas'uliyatli hamda jamoa bilan ishlay olishi, yangiliklarga intiluvchan, o'z ustida ishlay olishi lozim.
  • Oliy iqtisodiy ma’lumot
  • Ish tajribasi: Bank tizimida 3 yil ish tajribasi
  • Rus tili B2 darajasida

Ish vazifalari

  • Hududlarda tadbirkorlik subyektlarini rivojlantirishga oid O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon va qarorlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlarining bank tizimidagi ijrosini monitoring qilib boradi.
  • Tijorat banklari tomonidan tadbirkorlik subyektlari, shu jumladan tadbirkor ayollar, yoshlar tadbirkorligi hamda kam ta’minlangan oilalarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash borasida vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda qo‘shma qaror va chora-tadbirlarni ishlab chiqishda bevosita ishtirok etadi, ularga ajratiladigan kreditlar bo‘yicha monitoringni olib boradi.
  • O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining bank tizimini yanada isloh qilish, ishbilarmonlik muhitini yanada yaxshilash, yuqori xalqaro reyting ko‘rsatkichlariga erishish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan farmon va qarorlarida belgilangan vazifalarning ijrosini amalga oshiradi. Bu borada aholi va tadbirkorlik subyektlariga bank xizmatlarini ko‘rsatishda yaratilgan imtiyoz va preferentsiyalarni tushuntirish ishlarini olib boradi, turli byurokratik to‘siqlar, sansalorlik, mansab vazifasini suiiste’mol qilish kabi holatlarning oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshiradi.
  • Tadbirkorlik subyektlarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash maqsadida barcha moliyalash manbalaridan milliy va xorijiy valyutada ajratilgan kreditlar to‘g‘risida ma’lumotlarni umumlashtiradi, tahlil qiladi.
  • Tijorat banklari, Markaziy bankning hududiy Bosh boshqarmalari va kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining murojaatlarini ko‘rib chiqish va amaldagi qonunchilikka muvofiq ijrosini ta’minlaydi.

Rezyume jo‘natish

Ariza berish uchun, namunani yuklab oling, uni quyida keltirilgan forma yordamida to’ldiring va jo’nating.

xlsx 22.2 КБ
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining resume shakli
Faylning maksimal hajmi 3.00 MB
* To‘ldirish majburiy bo‘lgan katakchalar
Rezyume jo‘natildi

O‘zbekison Respublikasi Markaziy banki siz tomoningizdan yuborilgan arizani ko’rib chiqadi.

Sizning nomzodingizga qiziqish paydo bo’lgan taqdirda, xodimlarni jalb qilish bo'yicha mutaxassislar siz bilan albatta bog'lanadi.

USD = 11993.53
+40.8
EUR = 14054.02
+32.27
RUB = 158.52
-0.96
GBP = 16262.03
+13.49
JPY = 76.41
+0.07
CHF = 15313.50
+20.86
CNY = 1755.93
+5.43
Barcha valyutalar
Online доступ к общедоступным информационным ресурсам ЦБ РУз в сети Интернет, с возможностью просматривать и получать обновленную информацию, в том числе сведения о курсах валют.
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X