Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

Kadrlar siyosati

Yangilangan sana: 16 Fev 2024, 14:39

Xodimlarni boshqarish siyosatining asosiy vazifalari quyidagi samarali tizimlarni yaratishdan iborat:

  • Vakant lavozimlarga munosib nomzodlarni tanlash;

  • yosh xodimlarni qoʻllab-quvvatlash;

  • kadrlar zaxirasini shakllantirish;

  • xodimlarni oʻqitish va rivojlantirish;

  • korporativ qadriyatlarni rivojlantirish.

 

Vakant lavozimlarga munosib nomzodlarni tanlash.

Vakant lavozimga nomzodlar tanlov asosida saralab olinadi. Tanlov Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki markaziy apparati va hududiy bosh boshqarmalaridagi mavjud vakant lavozimlarni munosib nomzodlar bilan butlash maqsadida oʻtkaziladi.

Tanlovni tashkil etishda shaffoflikni taʼminlash maqsadida test-sinovlari zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanilgan holda amalga oshiriladi.

Shaffoflik tamoyili:

  • vakant lavozimlar haqidagi maʼlumotlarni Markaziy bankning
    veb-saytida va boshqa ijtimoiy tarmoqlarida ochiq joylashtirish;

  • tanlovning dastlabki bosqichini axborot texnologiyalaridan foydalangan holda inson omilini qisqartirish orqali amalga oshirish;

  • nomzodlar bilan suhbat oʻtkazish maqsadida Ekspert guruhi tuzish;

  • nomzodlarga tanlov natijalarini maʼlum qilish orqali taʼminlanadi.

Shuningdek, Markaziy bankining maxsus stipendiya dasturi boʻyicha tanlov oʻtkazilib kelmoqda. Tanlovda respublikaning bank ishi, iqtisodiyot, banklarda buxgalteriya hisobi, makroiqtisodiyot, statistika va axborot texnologiyalari yoʻnalishlari boʻyicha ixtisoslanuvchi oliy oʻquv yurtlarining iqtidorli talabalari orasidan reyting baholari, test natijalari, xorijiy tillarni bilish darajasi hamda makroiqtisodiyot va mantiqiy fikrlashi yuzasidan oʻtkaziladigan suhbat yakuni boʻyicha eng iqtidorli talabalar tanlab olinadi.

 

Yosh xodimlarni qoʻllab-quvvatlash.

Markaziy bankka yangi ishga qabul qilingan xodimlarni moslashtirish boʻyicha sezilarli ishlar amalga oshirildi. Mazkur jarayon malakali mutaxassislar tomonidan olib borilib, yoshlarning ish oʻrinlariga tezroq moslashib, jamoaviy ishlash koʻnikmalarining shakllanishiga imkoniyatlarni bermoqda. Qayd etishimiz lozim, mazkur jarayonlarni tizimga tatbiq etishda xorijiy davlatlar markaziy banklari tajribasi va xalqaro ekspertlarning fikr va takliflaridan keng foydalanilmoqda.


Kadrlar zaxirasini shakllantirish

Kadrlar resursidan oqilona foydalanish ishlari samarali tashkil etish maqsadida har yili rahbarlik lavozimlari uchun salohiyatli kadrlardan iborat zaxira tarkiblari tasdiqlanadi. Zaxira tarkibidagi xodimlarni rivojlantirishga, ularning yetakchi xorijiy universitetlarda taʼlim olishlariga va xalqaro institutlarda malakalarini oshirishga, shuningdek, yirik anjuman va xalqaro uchrashuvlarda munosib ishtirok etishiga aloxida eʼtibor qaratiladi.


Xodimlarni oʻqitish va rivojlantirish

 Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash, malakasini oshirish boʻyicha uzluksiz tizim yaratilgan boʻlib, u oʻz ichiga chet el xalqaro tashkilotlari, moliya institutlari, chet el banklari va boshqa tashkilotlar tomonidan tashkil etilayotgan seminar, oʻquv kurslari, treninglar, xalqaro anjumanlar, stajirovka va xorijiy xizmat safarlarini qamrab oladi.

Markaziy bank xodimlari uchun Xalqaro valyuta fondi (XVF), Yaponiyaning xalqaro hamkorlik markazi (JICA), Yaponiya taraqqiyot stipendiyasi (JDS), Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA), Yaponiya siyosiy fanlar milliy instituti (GRIPS), Yaponiyaning Sukuba va Xitotsubashi universitetlari, shuningdek, mamlakatimizdagi nufuzli “El-yurt umidi” jamgʻarmasi grant dasturlari va boshqa grantlar asosida magistratura yoʻnalishlarida tanlov asosida tahsil olish imkoniyatlari mavjud.


Korporativ qadriyatlarni rivojlantirish

Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki xodimlari oʻrtasida korporativ madaniyatni yanada oshirish oʻzaro doʻstlik hamda jamoa ishlarida faol boʻlishni targʻib etish maqsadida ular oʻrtasida sport musobaqalari, yurtimizning diqqatga sazovor maskanlari, tarixiy obidalari, teatr va sanʼat maskalari hamda muzeylarga jamoaviy tashriflar doimiy oʻtkazib kelinishi yoʻlga qoʻyilgan.

  

Qoʻshimcha maʼlumot yoki savollar yuzasidan Inson resurslarini boshqarish departamentiga murojaat qilishingizni suraymiz: (+99871) 212-60-44, 212-60-91. E-mail: recruit@cbu.uz



USD = 12825.01
+12.71
EUR = 13552.19
+19.84
RUB = 128.62
+0.25
GBP = 16199.27
-10.85
JPY = 82.86
+0.39
CHF = 14475.18
+53.41
CNY = 1770.85
-1.91
Barcha valyutalar
Online доступ к общедоступным информационным ресурсам ЦБ РУз в сети Интернет, с возможностью просматривать и получать обновленную информацию, в том числе сведения о курсах валют.
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X