Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
121

1 so‘m (2020 yil 1 martga qadar muomalada bo‘lgan)

1994

O'zbekiston Respublikasi Markaziy bankining
1994 yil namunasidagi 1 so'm qiymatidagi banknotasi

O'zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 1994 yil namunasidagi qiymati 1 so'm bo'lgan banknoti o'lchami 120x62 mm bo'lgan, butun banknot sathida bir tekis joylashgan sakkiz qirrali naqshlar shaklidagi qoramtir chiziqlar ko'rinishida suv belgisi tushirilgan oq qog'ozda tayyorlangan. Banknotning chap tomonida uning butun eni bo'ylab himoya ipi o'tgan. Banknotning old va orqa tomonlari asosan och yashil-pushti rangga ega. Banknot chekkalaridan ramkani o'rab turuvchi oq hoshiya o'tgan.

Banknot old tomonining yuqori qismida ko'k rangdan binafsha rangga o'tib boruvchi naqshli tasvir ustida to'q yashil soyali "O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI" degan matn yozilgan bo'lib, ushbu matn ustidan bir juft to'q yashil chiziq o'tgan. Bu chiziqlar orasiga uzluksiz chiziq shaklida mikrobosma usulida "O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI" so'zlari yozilgan. Banknotning quyi markaziy qismida ramka bilan o'ralgan, chetlari pushti rangga o'tib boruvchi yashil fonda "O'ZBEKISTON SO'MI RESPUBLIKA HUDUDIDA HAMMA TO'LOVLAR UChUN O'Z QIYMATI BO'YIChA QABUL QILINIShI ShART" degan matn 3 qatorga yozilgan.

Banknotning chap qismida giloshirlash usulida tushirilgan va pushti hamda binafsha rangli nafis chiziqlardan iborat bezak ustida O'zbekiston Respublikasining to'q yashil rangli Gerbi tasvirlangan. Gerb ostida lotin alifbosidagi ikki harfli seriya va etti raqamdan iborat bo'lgan nomer qora rangda ifoda etilgan.

 Banknotning o'ng qismida giloshirlash usulida tushirilgan va pushti hamda binafsha rangli nafis chiziqlardan iborat bo'lgan bezak ustida yashil rangli doirasimon naqsh joylashgan bo'lib, uning o'rtasida to'q yashil rang bilan o'ralgan "1" raqami tasvirlangan. Raqam ostida banknot chiqarilgan yil - "1994" to'q yashil rangda ko'rsatilgan.

Banknotning orqa tomoni naqshli doira va ichi xilma-xil bezaklarga to'ldirilgan uzunchoq oval galma-gal keladigan ramka bilan o'ralgan. Bu ramka markaziy qismining ikkala tomonida binafsha rangli naqshinkor doiralar joylashgan bo'lib, ular old tomondagi doiralarga to'g'ri kelgan. Ramka ichida pushti-yashil fon bilan Toshkent shahridagi Alisher Navoiy nomli Davlat Akademik Katta teatri binosining fasad qismi va maydondagi favvora tasvirlangan.

Banknotning chap qismida, pushti rangli fondagi naqsh ichida "1" raqami joylashgan. Naqshning quyi qismi yashil tusda. "1" raqami binafsha rang bo'lib, o'rtasida yashil chiziqlar bor. Ramkaning quyi qismi chekkalaridagi ovallar ichida qoramtir-yashil soyali oq rangda "BIR SO'M" deb yozilgan. Ovallarning o'rtaga qaragan tomonidagi bezakli yashil doiralar ichida naqshinkor "1" raqamlari joylashgan.

Ikki doira o'rtasining chap qismida pushti rangga aylanadigan yashil ramka ichida 2 qatorga joylashtirilgan "O'ZBEKISTON SO'MINI QALBAKILAShTIRISh QONUNAN TA'QIB QILINADI" degan yozuv bor. Banknot old va orqa tomonlarining markaziy qismida nusha ko'chirishga qarshi "X" shaklidagi belgi mavjud. Banknot ultrabinafsha nurlar bilan maxsus yoritib ko'rilganda, uning old tomoni markaziy qismidagi "1" raqami ko'zga tashlanadi. Banknotning to'q yashil rangli seriyasi va nomeri, uning old va orqa tomonlarining och yashil rang bilan to'ldirilgan markaziy qismi, shuning dek, banknotning zangori va yashil tolalari yorishib ko'rinadi.


USD = 10209.86
+2.17
EUR = 12021.09
+125.05
RUB = 137.46
-4.91
GBP = 13362.66
+308.05
JPY = 96.43
+0.24
CHF = 11186.44
+98.36
CNY = 1463.91
+8.58
Barcha valyutalar
Online доступ к общедоступным информационным ресурсам ЦБ РУз в сети Интернет, с возможностью просматривать и получать обновленную информацию, в том числе сведения о курсах валют.
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X