Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

100 so‘m (2019 yil 1 iyulga qadar muomalada bo‘lgan)

1994

O'zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 
1994 yil namunasidagi 100 so'm qiymatidagi banknotasi

O'zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 1994 yil namunasidagi qiymati 100 so'm bo'lgan banknoti 142x69 mm o'lchamdagi oq qog'ozda tayyorlangan. Banknotning o'ng tomonidagi keng oq sathda O'zbekiston Respublikasi Gerbi shakli tushirilgan lokal suv belgisi bor. Banknotning chap tomonida uning butun eni bo'ylab himoya ipi presslangan. Unda oq rangdagi "O'ZBEKISTON" so'zi ko'p marta takrorlangan bo'lib, ularning birida harflar to'g'ri bo'lsa, ikkinchisida qiya joylashgan. Banknotning old tomoni asosan binafsha, och binafsha, ko'k, zangori va sarg'ish ranglarda, orqa tomoni esa, asosan ko'k-zangori, binafsha va qizg'ish-ko'ng'ir tusda.

Banknot old tomonining yuqori qismi markazidagi ko'k ramka ichiga to'q ko'k soyali oq harflar bilan "O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI" degan matn joylashtirilgan. Pastroqda oq dumalok, fonda ko'k rang bilan O'zbekiston Respublikasi Gerbi tasvirlangan. Uning ostida "100" raqami va tagida " YuZ SO'M" so'zlari yozilgan. Banknotning quyi qismida och sarg'ish chiziqli tor ramka joylashgan bo'lib, uning ichida bir qatorga "O'ZBEKISTON SO'MI RESPUBLIKA HUDUDIDA HAMMA TO'LOVLAR UChUN O'Z QIYMATI BO'YIChA QABUL QILINIShI ShART" degan matn to'q binafsha rangda yozilgan. Banknot o'ng tomonining quyi qismida zangori va sarg'ish-yashil rangli naqsh bo'lib, uning o'rtasida zangori fonda oq rangli naqshinkor "100" raqami joylashtirilgan. Naqsh ustida banknot chiqarilgan yilni ko'rsatuvchi "1994" raqamlari bor. Chapdagi va o'ngdagi ramkalarning tashqi, quyi tomoni uzluksiz mikrobosma usulida bosilgan va binafsha chiziqlar bilan hoshiyalangan bo'lib, lupa yordamida "O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI" degan yozuvni ko'rish mumkin.

Banknot o'ng va chap tomonlarining quyi burchaklaridagi markaziy ramkada naqshning nafis foni ostida yashirin bosma usuli bilan bosilgan "100" raqami bo'lib, u quyosh nurlariga yoki chiroqqa tutilganida ko'rinadi. Banknot chap tomonidagi ramkaning yuqori qismida va o'ng tomonidagi ramkaning quyi qismidagi naqsh ostida lotin alifbosining ikki harfli seriyasi bilan ettita raqamli nomeri qora rangda bosilgan.

Banknotning orqa tomonida binafsha rangga o'tuvchi ko'k-zangori naqshli ramka ichida Toshkent shahridagi "XALQLAR DO'STLIGI" saroyi aks ettirilgan. Ramkaning chekka burchaklarida ko'k-zangori rangli ikkita naqsh bo'lib, ularning o'rtasida ko'k-zangori soyali oq rangda "100" raqamlari joylashgan . Naqshlar o'rtasidagi ikki qatorga "O'ZBEKISTON SO'MINI QALBAKILAShTIRISh QONUNGA MUVOFIQ TA'QIB QILINADI" degan matn tushirilgan.

Banknot markazida nusha ko'chirishga qarshi "X" shaklidagi belgi bor.

Banknot ultrabinafsha nurlar bilan yoritilganda, uning old tomoni markazida "100" raqami, o'ng tomoni quyi burchagida zarrin naqsh, banknot chap tomonida sarg'ish rangdagi naqshlar, to'q yashil rangda banknot seriyasi va raqami, orqa tomonida esa, yodgorlikning och sarg'ish tusdagi detallari bilan birga zangori va yashil rangli tolalar yorishib ko'rinadi.



USD = 12620.09
+19.95
EUR = 13599.41
-42.76
RUB = 136.73
+0.81
GBP = 15892.48
-16.46
JPY = 83.33
+0.09
CHF = 13926.38
+8.19
CNY = 1745.42
+1.99
Barcha valyutalar
Online доступ к общедоступным информационным ресурсам ЦБ РУз в сети Интернет, с возможностью просматривать и получать обновленную информацию, в том числе сведения о курсах валют.
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X