Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
128

25 so‘m (2020 yil 1 martga qadar muomalada bo‘lgan)

1994

O'zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 
1994 yil namunasidagi 25 so'm qiymatidagi banknotasi

O'zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 1994 yil namunasidagi qiymati 25 so'm bo'lgan banknoti 142x69 mm o'lchamdagi oq qog'ozda tayyorlangan. Banknotning o'ng tomonidagi keng oq sathda O'zbekiston Respublikasi Gerbi shaklida tushirilgan lokal suv belgisi bor.

Banknotning chap tomonida uning butun eni bo'ylab himoya ipi presslangan. Unda oq tusdagi "O'ZBEKISTON" so'zi ketma-ket takrorlangan bo'lib, ularning birida harflar to'g'ri bo'lsa, ikkinchisida qiya joylashgan.

Banknotning old tomoni asosan to'q ko'k, ko'k-yashil, binafsha-qo'ng'ir va yashil ranglarda, banknotning orqa tomoni esa, ko'k-binafsha va och qo'ng'ir ranglarda aks ettirilgan.

Banknot old tomoni markazining to'q ko'k rangdagi yuqori qismida to'q ko'k soyali oq rangda yozilgan "O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI" degan matn joylashgan. Uning tagida doira shaklidagi ko'k-yashil rangli naqsh bilan o'ralgan sariq chiziqli fon ostida O'zbekiston Respublikasining Gerbi tasvirlangan.

Pastroqda naqshinkor "25" raqami tasvirlangan bo'lib, uning pastki qismidagi ikki satrga — "YIGIRMA BESh SO'M" degan so'zlar joylashtirilgan. Ikki tomondagi "25" raqamlari o'rtasida to'g'ri burchakli ramka joylashgan bo'lib, unda "O'ZBEKISTON SO'MI RESPUBLIKA HUDUDIDA HAMMA TO'LOVLAR UChUN O'Z QIYMATI BO'YIChA QABUL QILINIShI ShART" degan matn och yashil yo'l-yo'l fonda yozilgan.

Banknot o'ng tarafining pastki qismidagi bezak tepasiga banknot chiqarilgan yilni bildiruvchi sarg'ish-jigarrang tusdagi "1994" raqamlari joylashtirilgan. Banknotning markaziy qismidagi bezak fonida Gerbning ikki tomonida yashirin bosma usulida bosilgan va quyosh nurlariga yoki chiroqqa tutib qaralganda ko'rinadigan "25" raqamlari joylashtirilgan. Banknot chap tomonidagi ramkaning yuqori va o'ng tomonidagi ramkaning pastki qismlaridagi bezak tagida qora rang bilan lotin alifbosidagi ikki harfli seriya va etti raqamdan iborat nomer joylashtirilgan. Banknot keng oq sathining chap va o'ng tomonlari "O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI" degan uzluksiz mikromatn bilan hoshiyalangan.

Banknot orqa tomonining naqshli ramka bilan o'ralgan o'ng qismida Samarqand shahridagi "ShOHI ZINDA" me'moriy yodgorligi tasvirlangan.

Banknotning quyi qismi sarg'ish rangdan boshlanib, nafis moviy rangga o'tuvchi fondagi ikki satrga yashil harflar bilan "O'ZBEKISTON SO'MINI QALBAKILAShTIRISh QONUNAN TA'QIB QILINADI" degan matn yozilgan. Och ranglar bilan ikki satrga yozilgan "YIGIRMA BESh SO'M" degan matn va "25" raqamlari o'zaro simmetrik tarzda joylashtirilgan.

Osmon fonida nusxa ko'chirishga qarshi "X" shaklidagi belgi bor.

Banknot ultrabinafsha nurlar bilan yoritilganda, uning old tomonidagi markaziy qismida "25" raqami, ramkaning chap qismida och jigarrang naqsh fonining chekkasi va sariq yaproqlar shaklidagi elementlar, to'q yashil rangda banknot seriyasi va raqami, uning orqa tomonida esa, och jigarrang detallar — zangori va yashil tolalar yorishib ko'rinadi.



USD = 10231.71
+21.85
EUR = 12059.09
+38
RUB = 138.65
+1.19
GBP = 13353.40
-9.26
JPY = 96.61
+0.18
CHF = 11215.29
+28.85
CNY = 1468.60
+4.69
Barcha valyutalar
Online доступ к общедоступным информационным ресурсам ЦБ РУз в сети Интернет, с возможностью просматривать и получать обновленную информацию, в том числе сведения о курсах валют.
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X