Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

50 so‘m (2019 yil 1 iyulga qadar muomalada bo‘lgan)

1994

O'zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 
1994 yil namunasidagi 50 so'm qiymatidagi banknotasi

O'zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 1994 yil namunasidagi qiymati 50 SO'M bo'lgan banknoti 142x69 mm o'lchamdagi oq qog'ozda tayyorlangan. Banknotning o'ng tomonidagi keng oq sathda O'zbekiston Respublikasining Gerbi shaklidagi lokal suv belgisi bor. Banknotning chap tomonida uning butun eni bo'ylab o'tadigan himoya ipi presslangan. Unda oq tusdagi "O'ZBEKISTON" so'zi ketma-ket ko'p marta takrorlangan bo'lib, ularning birida harflar to'g'ri bo'lsa, ikkinchisida qiya joylashgan.

Banknotning old tomoni asosan to'q jigarrang, qizg'ish va sarg'ish, sariq hamda kumush ranglarda. Banknotning orqa tomoni - och jigarrang, jigarrang, och zangori, och binafsha va och yashil ranglarda. Banknot old tomonining yuqori qismi markazida to'q jigarrang soyali oq rangda "O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI" degan matn joylashgan.

Banknot markazida jigarrang fon o'rtasidagi zarrin fonda kumush rang bilan tasvirlangan Buxoro zardo'zligi usulidagi naqsh tasvirlangan.

Naqshning yuqori qismida to'q jigarrangda O'zbekiston Respublikasining Gerbi joylashtirilgan. Uning atrofida doira bo'ylab qiya jigarrang chiziqlardan iborat bo'lgan rasm aks ettirilgan bo'lib, Gerb ostida naqshinkor "50" raqami, uning tagidagi ramkada esa, och jigarrang nuqtalar va chiziqlar fonida ikki satrga yozilgan to'q jigarrang soyali och rangda "ELLIK SO'M" degan so'zlar joylashgan. Pastki qismidagi sariq fonda "O'ZBEKISTON SO'MI RESPUBLIKA HUDUDIDA HAMMA TO'LOVLAR UChUN O'Z QIYMATI BO'YIChA QABUL QILINIShI ShART" degan to'q jigarrang matn tasvirlangan.

Matn nozik chiziq bilan o'ralgan bo'lib, chiziqning tepa qismida "O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI" degan to'q jigarrang uzluksiz matn mikrobosma usulida bosilgan. Uni faqat lupa orqali o'qish mumkin. Keng oq sathdagi bezak ustida banknot namunasi chiqqan yilni ko'rsatuvchi "1994" raqamlari bor.

Banknot markaziy qismining o'ng va chap burchaklarida yashirin bosma usulida bosilgan va quyosh nurlariga yoki chiroqqa tutilganida ko'rish mumkin bo'lgani "50” raqamlari bor. Banknot chap ramkasining yuqori qismi va o'ng ramkasining pastki qismidagi bezak tagida qora rangda yozilgan lotin alifbosidagi ikki harfli seriya va etti raqamdan iborat nomer ko'rsatilgan.

Banknotning orqa tomonida murakkab chiziqlardan iborat bo'lgan o'ziga xos ramka ichida Samarqand shahridagi "REGISTON" tarixiy-me'moriy ansambli tasvirlangan.

Ramkaning yuqori qismi turli shakllardagi murakkab rasmdan iborat bo'lib, rasm o'rtasida to'q jigarrang soyali, oq rangda yozilgan "ELLIK SO'M" degan so'zlar joylashtirilgan. Banknotning markaziy qismidagi nozik ramka ichida ramka shaklidagi oq yo'l bo'lib, unda jigarrang bilan yozilgan "O'ZBEKISTON SO'MINI QALBAKILAShTIRISh QONUNGA MUVOFIQ TA'QIB QILINADI" degan matn bor. Banknot markazining osmon fonida nusxa ko'chirishga qarshi "X" shaklidagi belgi tasvirlangan.

Banknot ultrabinafsha nurlar bilan maxsus yoritilganda, uning old tomoni markazida "50" raqami, chap tomonida rangli sarg'ish fon va pastda och moviy rang naqshlar, o'ng tomonning yuqori va pastki qismida naqshli sariq rang bo'lib, to'q yashil rangda banknot seriyasi va nomerlari, orqa tomonda esa, sarg'ish-yashil rangda tasvirlangan me'moriy yodgorlik detallari — zangori va yashil tolalar ko'rinadi.


USD = 12787.03
-7.85
EUR = 14049.11
+27.2
RUB = 133.05
+0.06
GBP = 16744.62
+19.15
JPY = 86.50
+0.25
CHF = 14950.34
+30.94
CNY = 1812.63
-10.39
Barcha valyutalar
Online доступ к общедоступным информационным ресурсам ЦБ РУз в сети Интернет, с возможностью просматривать и получать обновленную информацию, в том числе сведения о курсах валют.
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X