Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

200 so‘m (2020 yil 1 iyulga qadar muomalada bo‘lgan)

1997

O'zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 
1997 yil namunasidagi 200  so'm qiymatidagi banknotasi

O'zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 1997 yil namunasidagi qiymati 200 so'm bo'lgan banknoti 144x78 mm o'lchamdagi oq qog'ozda tayyorlangan. Banknot o'ng tomonining keng oq sathida O'zbekiston Respublikasining Gerbi shaklidagi lokal suv belgisi bor. Banknot old tomonining chapki qismida eni 3- 4 mm, orqa tomonining o'ng qismida esa, eni 5 mm bo'lgan tasma shaklidagi tor oq sath bor. Banknotning deyarli markazida uning butun eni bo'ylab 1,2 mm enli metall qo'shilgan poliefir himoya ipi o'tadi. Unda oq rang bilan yozilgan ko'p marta takrorlanuvchi "O'ZBEKISTON" mikromatni bo'lib, to'g'ri va qiya shakllardagi harflar almashinib keladi.

Banknotning old tomoni asosan yashil-sariq, binafsha-jigarrang tusda, orqa tomoni esa, yashil-ko'k-sariq ranglardan iborat. Banknot old tarafining yuqori qismidagi to'q binafsha rangli tasmada och rang bilan "O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI" degan matn joylashtirilgan. Uning tagidagi naqshinkor ramka ichida O'zbekiston Respublikasi Gerbi tasvirlangan. Banknotning pastki o'rta qismida maxsus magnit bo'yog'i qo'shilgan qora rang bilan lotin alifbosining ikki harfli seriyasi va etti raqamli nomeri joylashgan. Bu nomer banknotning o'ng qismida takrorlanib kelib, unga bosma vaqtida fluorestsent bo'yoq qo'shilgan.

Banknot markazining pastki qismida naqsh inkor elementlar fonida bir-birini kesib o'tuvchi turli rangdagi "200" va "SO'M" yozuvlari bor. Banknotning quyi qismidagi ikki qatorga "O'ZBEKISTON SO'MI RESPUBLIKA HUDUDIDA BARChA TO'LOVLAR UChUN O'Z QIYMATI BO'YIChA QABUL QILINIShI ShART" degan matn joylashtirilgan. Banknotning naqshinkor elementlari sakkiz qirrali shakllardan iborat bo'lib, pastki ramka ichiga "O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI" degan yozuv metallografik bosma usulida bosilgan bo'lib, banknot barmoq uchlari bilan ushlab ko'rilganda, bo'yoqning bo'rtib chiqqanligi seziladi. Naqshinkor ramka quyi qismining chap tomonida mayda chiziqlar bo'lib, ularning muayyan burchagi ostida "200" raqamini ko'rish mumkin.

Banknot o'ng tomonining pastki qismi keng oq sathidagi seriya va nomeri tagida "200" raqami joylashtirilgan va u "O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI" degan uzluksiz matnlardan iborat bo'lib, ularni lupa yordamida o'qish mumkin. Banknotning yuqori qismida maxsus himoya bo'yog'i bilan bosilgan bezak bor. Bu bezak uni kuzatish burchagiga qarab o'z rangini o'zgartiradi va yashil rangdan qizil rangga o'tib tovlanadi. Uning ostida esa, banknot namunasi chiqqan yilni bildiruvchi "1997" raqamlari bor.

Banknot ultrabinafsha nurlar bilan maxsus yoritilganda, uning old tomonida O'zbekiston Respublikasi Gerbi sathida uch qatorda ustma-ust tushirilgan turli balandlikdagi "200" raqamlari aks ettirilgan. Bunda butun qog'oz bo'ylab tartibsiz ravishda zangori va yashil tolalar joylashtirilgan bo'lib, banknotning seriyasi va nomeri to'q yashil rangda ko'rinib turadi.

Banknot orqa tomonining markazida Samarqand shahridagi "ShERDOR" madrasasining peshtoqidan asos qilib olingan quyosh ko'tarib ketayotgan sher tasviri bor. Sher atrofining chap tomonida yashilroq rang bilan nusxa ko'chirishga qarshi " X" belgisi shaklidagi tasvir bor. Banknot markaziy qismining yuqorigi chap va pastki o'ng tomonlarida banknot qiymatini bildiruvchi "200 SO'M" ko'rsatilgan. Banknotning quyi qismida "O'ZBEKISTON SO'MINI QALBAKILAShTIRISh QONUNGA MUVOFIQ TA'QIB QILINADI" degan matn bo'lib, banknot chap tomonining quyi qismidagi yashil-ko'k rangli bezak ustida "200" raqami mavjud. Naqshinkor turli rangdagi elementlar fonida bir-birini kesib o'tuvchi turli rangdagi "200" va "SO'M" yozuvlari bor. Huddi shunday yozuvlar - "200" va "SO'M" chap tomonning yuqori qismida joylashgan bo'lib, ularning o'lchami kichik va rangi bir xil - to'q yashil.


USD = 12837.10
+24.06
EUR = 13516.18
+58.64
RUB = 124.62
+2.02
GBP = 16330.07
+86.98
JPY = 85.40
+0.34
CHF = 14506.84
+64.73
CNY = 1767.10
+5.3
Barcha valyutalar
Online доступ к общедоступным информационным ресурсам ЦБ РУз в сети Интернет, с возможностью просматривать и получать обновленную информацию, в том числе сведения о курсах валют.
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X