Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

5 000 so'm

2013

O'zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 
2013 yil namunasidagi 5000 so'm qiymatidagi banknotasi

2013 yilning 1 iyulidan boshlab O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki qiymati 5000 so'm bo'lgan yangi pul biletlarini muomalaga chiqardi. O'zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qiymati 5000 so'm bo'lgan pul biletlari 144 x 78 mm. o'lchamdagi himoyalangan qog'ozda tayyorlangan. Banknotning o'ng tarafidagi keng oq rangli sathda O'zbekiston Respublikasi Gerbi va “5000” raqami ko'rinishida suv belgisi mavjud. Oq rangli sathning chap tarafidan qog'oz qatlamida golografik effektli ichkariga botuvchi himoya ipi o'tkazilgan.

Bilet old tomonining yuqori qismida “O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI” yozuvi mavjud. Chap qismida naqshinkor elementlar fonida O'zbekiston Respublikasi Gerbi tasvirlangan. Gerbning pastki qismida ettita raqamli nomeri bilan ikki lotin harfidan iborat seriyasi joylashgan. Naqshinkor ramkaning o'ng va chap burchaklarining quyi qismida, shuningdek, Gerbning o'ng tarafida biletning qiymatini bildiruvchi “5000” raqami tasvirlangan. Gerbning o'ng tarafidagi “5000” raqami ustiga yirik harflar bilan “SO’M” so'zi yozilgan. Ushbu tasvir tepasida bilet qiymati so'z bilan “BESH MING” ko'rsatilgan.

Naqshinkor ramkaning pastki qismida “O’ZBEKISTON SO’MI RESPUBLIKA HUDUDIDA HAMMA TO’LOVLAR UCHUN O’Z QIYMATI BO’YICHA QABUL QILINISHI SHART” yozuvi joylashgan. Banknotning jigarrang naqshinkor ramkasi, “O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI” yozuvi, Gerb, o'ng va chap tomondagi “5000” raqamlari bo'rtib turadi, ushlab ko'rilganda seziladi. Oq rangli sathda joylashgan “5000” raqami uning diagonali bo'yicha farqlangan ikki xil rangda ishlangan. Raqam tepasida biletning nomeri va seriyasi takror ko'rsatilgan. Oq rangli sathning yuqori qismida qiyalik burchagining holatiga qarab rangini bronza rangidan yashil rangga o'zgartiruvchi va ushlab ko'rilganda bilinadigan bo'rtib turuvchi naqsh mavjud.

Naqsh tepasida banknot chiqarilgan yil “2013” ko'rsatilgan. Banknotning orqa tomoni chap qismidagi oq rangli sathda suv belgilari ko'rinadi. Oq rangdagi sathning yuqori va pastki qismlarida rangli naqshinkor bezaklar joylashgan bo'lib, pastki bezak ustida “5000” raqami aks ettirilgan. Banknotning markazida “OLIY MAJLIS” me'moriy binosi, bino gumbazining tepasida O'zbekiston Respublikasining rangli bayrog'i tasvirlangan. Rasmning yuqori chap burchagida bir-birini kesib o'tuvchi “5000” va “SO’M” yozuvlari mavjud bo'lib, ularning tepasida banknotning qiymati so'z bilan “BESH MING” ko'rsatilgan.

Ularning pastki qismida turli balandlikdagi, qiyalik burchagining holatiga qarab rangini yorqin tilla rangdan och yashil rangga o'zgartiruvchi ikkita “5000” raqamlari joylashgan. Shuningdek, banknotning “5000” raqamdagi qiymati uning yuqori o'ng burchagida ham tasvirlangan. Pastki qismida “O’ZBEKISTON SO’MINI QALBAKILASHTIRISH QONUNGA MUVOFIQ TAQIB QILINADI” yozuvi joylashgan. Muomalaga chiqarilayotgan qiymati 5000 so'm bo'lgan pul biletlari, ayni paytda muomalada bo'lgan pul belgilari va tangalar bilan bir qatorda, barcha xo'jalik yurituvchi sub'ektlar va aholi tomonidan o'z qiymati bo'yicha barcha turdagi to'lovlar uchun hech qanday cheklovlarsiz qabul qilinishi shart.



USD = 10231.71
+21.85
EUR = 12059.09
+38
RUB = 138.65
+1.19
GBP = 13353.40
-9.26
JPY = 96.61
+0.18
CHF = 11215.29
+28.85
CNY = 1468.60
+4.69
Barcha valyutalar
Online доступ к общедоступным информационным ресурсам ЦБ РУз в сети Интернет, с возможностью просматривать и получать обновленную информацию, в том числе сведения о курсах валют.
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X