Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

10 000 so‘m

2017

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining
2017 yil namunasidagi 10000 so‘m qiymatidagi banknotasi

2017 yilning 10 martidan boshlab O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki qiymati 10 000 so‘m bo‘lgan banknot ko‘rinishidagi yangi pul belgilarini muomalaga chiqaradi.

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qiymati 10 000 so‘m bo‘lgan pul belgilari 144 x 78 mm. o‘lchamdagi himoyalangan qog‘ozda tayyorlangan.

Banknotning o‘ng tarafidagi keng oq rangli sathda O‘zbekiston Respublikasi Gerbi va “10000” raqami ko‘rinishida suv belgisi mavjud.

Oq rangli sathning chap tarafidan qog‘oz qatlamida “Darcha” va “3D” effektli yuzaga chiqib, ichkariga botuvchi himoya ipi o‘tkazilgan.



Banknot old tomonining yuqori qismida “O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI” yozuvi mavjud.

Chap qismida naqshinkor elementlar fonida O‘zbekiston Respublikasi Gerbi tasvirlangan.

Gerbning pastki qismida yettita raqamli nomeri bilan ikki lotin harfidan iborat seriyasi joylashgan.

Naqshinkor ramkaning o‘ng va chap burchaklarining quyi qismida, shuningdek Gerbning o‘ng tarafida “10000” raqami tasvirlangan bo‘lib, banknotning qiymatini bildiradi.

Gerbning o‘ng tarafidagi “10000” raqami ustiga yirik harflar bilan “SO‘M” so‘zi yozilgan. Ushbu tasvir tepasida banknot qiymati so‘z bilan “O‘N MING” ko‘rsatilgan.

Naqshinkor ramkaning pastki qismida “O‘ZBEKISTON SO‘MI RESPUBLIKA HUDUDIDA HAMMA TO‘LOVLAR UCHUN O‘Z QIYMATI BO‘YICHA QABUL QILINISHI SHART” yozuvi joylashgan.

Banknotning to‘q ko‘k rangli naqshinkor ramkasi, “O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI” yozuvi, Gerb, o‘ng va chap tomondagi  “10000” raqamlari bo‘rtib turadi, ushlab ko‘rilganda seziladi.

Oq rangli sathda joylashgan “10000” raqami tepasida banknotning nomeri va seriyasi takror ko‘rsatilgan.   

Oq rangli sathning yuqori qismida qiyalik burchagining holatiga qarab rangini o‘zgartiruvchi va ushlab ko‘rilganda bilinadigan bo‘rtib turuvchi, tilla-bronza rangli sakkiz qirrali naqsh mavjud.

Naqsh tepasida banknot chiqarilgan yil “2017” ko‘rsatilgan.



Banknotning orqa tomoni chap qismidagi oq rangli sathda suv belgilari ko‘rinadi. Oq rangdagi sathning yuqori va pastki qismlarida ko‘k va binafsha rangda ishlangan naqshinkor bezaklar joylashgan bo‘lib, pastki bezak ustida “10000” raqami aks ettirilgan.

Banknotning markazida “SENAT” me'moriy binosi, bino gumbazining tepasida O‘zbekiston Respublikasining rangli bayrog‘i tasvirlangan.

Tasvirning yuqori chap burchagida bir-birini kesib o‘tuvchi “10000” va “SO‘M” yozuvlari mavjud bo‘lib, ularning tepasida banknotning qiymati so‘z bilan “O‘N MING” ko‘rsatilgan.

Pastki qismida “O‘ZBEKISTON SO‘MINI QALBAKILASHTIRISH QONUNGA MUVOFIQ TA’QIB QILINADI” matni joylashgan.

Ushbu matnning ikki tomonida “10000” raqamlari, shuningdek banknotning eng yuqori qismida “O‘N MING SO‘M” yozuvi aks ettirilgan.

Muomalaga chiqarilayotgan qiymati 10000 so‘m bo‘lgan pul belgilari, ayni paytda muomalada bo‘lgan pul belgilari va tangalar bilan bir qatorda, barcha xo‘jalik yurituvchi sub'yektlar va aholi tomonidan o‘z qiymati bo‘yicha barcha turdagi to‘lovlar uchun hech qanday cheklovlarsiz qabul qilinishi shart.


USD = 12775.02
+34
EUR = 14090.85
+28.59
RUB = 134.60
+0.22
GBP = 16804.26
+91.86
JPY = 87.22
+0.5
CHF = 14983.60
+22.33
CNY = 1820.19
+4.84
Barcha valyutalar
Online доступ к общедоступным информационным ресурсам ЦБ РУз в сети Интернет, с возможностью просматривать и получать обновленную информацию, в том числе сведения о курсах валют.
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X