Shrift o‘lchami: A A A
Masshtab: A A A A
Rang: A A A A
Rasmlar: Yoqish O‘chirish

100 000 so‘m

Yangilangan sana: 18 Fev 2026, 11:20
2021

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining
2021 yil namunasidagi 100000 so‘m qiymatidagi banknotasi

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qiymati 100000 so‘m bo‘lgan banknoti o‘lchami 152 x 69 mm.

Banknot himoyalangan qog‘ozda chop etilgan bo‘lib, old va orqa tomonlari maxsus lak bilan qoplangan.

Banknotning o‘ng tarafida och fonda qadimgi “Buyuk Ipak yo‘li”ning ramzi sifatida tuya va “100000” raqami ko‘rinishida suv belgilari joylashgan.

Banknotning o‘ng tarafida qog‘oz qatlamida kengligi 4 mm li, sariq rangli, “siljish” effektiga ega bo‘lgan, ‘”UZB” matnli rangi o‘zgaruvchan, metallashgan va mashinada o‘qiladigan himoya ipi o‘tkazilgan.

Old va orqa tomonlarining asosiy rangi sariq rangda bo‘lib, boshqa ranglar bilan uyg‘unlashgan.

Banknot old tomoni chap qismida Xorazm viloyatining Xiva shahrida joylashgan “ICHAN QAL`A” tarixiy muzeyi tasvirlangan.

100 old.jpg

Yuqori qismining chap tarafida “100000” raqami, yuqori qismining markazidagi “O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI” matni jigar rangda hamda yuqori o‘ng burchakdagi O‘zbekiston Respublikasining Gerbi yashil rangda joylashgan.

O‘ng va chap tomoni chekkasida joylashgan jigar rangdagi maxsus element ko‘rish qobiliyati past bo‘lgan insonlar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, bo‘yoqning bo‘rtmalik xususiyati hisobiga banknotning qiymatini aniqlash imkonini beradi.

Banknotning quyi qismida naqshinkor tasvir fonida “latent” (yashirin) tasvir “UZ” ko‘rinishida berilgan bo‘lib, u yorug‘lik manbaiga nisbatan ma’lum qiyalikda ko‘rinish xususiyatiga ega.

Quyi qismining chap tomonida banknot qiymatini aks ettiruvchi “BIR YUZ MING SO‘M” yozuvi va “O‘ZBEKISTON SO‘MI RESPUBLIKA HUDUDIDA HAMMA TO‘LOVLAR UCHUN O‘Z QIYMATI BO‘YICHA QABUL QILINISHI SHART” matni joylashgan.

Yuqoridagi tasvirlar metallograf bosma usulida bajarilgan bo‘lib, barmoq uchi bilan siypalanganda bo‘yoqning bo‘rtmaligini sezish mumkin.

Banknot o‘ng qismidagi och fonda nusxa ko‘chirishga qarshi har xil diametrdagi halqalar joylashgan bo‘lib, nusxa ko‘chirilganda tasvirlardagi aniqlik yo‘qoladi.

Yuqori qismidagi O‘zbekiston xaritasi chizmasida och chiziqlar bilan “Buyuk Ipak yo‘li” karvon yo‘llari yo‘nalishi ko‘rsatilgan.

Yuqori chap qismida “ICHAN QAL`A” tarixiy muzeyi markazida joylashgan minora tasviri registr vazifasini bajargan holda, “old” va “orqa” tomonlarini bir-biri bilan mos tushirish uchun xizmat qiladi. Yorug‘likka qaratilganda oq qismi banknotning orqa tomonidagi rangli elementlar bilan qo‘shilib to‘liq tasvir hosil bo‘ladi.

Banknotning raqami lotin alifbosidagi ikki harfli seriya va yetti xonali sondan tashkil topgan bo‘lib, o‘ng qismida gorizontal holatda qizil rangda va chap qismida vertikal holatda qora rangda bosilgan.

Banknot orqa tomonida III–IV asrlarga tegishli bo‘lgan qadimiy Xorazm davlatining poytaxti vazifasini bajargan qala - “ANGKAQAL`A ARXEOLOGIYA YODGORLIGI” tasvirlangan.

100 orqa.jpg

Markaziy qismida “qirrali naqsh” tasvirida zamonaviy “Spark live” maxsus himoya elementi qo‘llanilgan bo‘lib, turli qiyalikda tasvirda rang o‘zgarishi va siljish effektini hosil qiladi.

O‘ng qismida Xorazm viloyati arxeologiya yodgorligi topilgani bo‘lgan X asrga tegishli sopol idish va miloddan avvalgi I asrga tegishli kumush tanga tasviri aks ettirilgan.

Yuqori chap qismida “O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI” matni va banknot muomalaga chiqarilgan yil “2021” chop etilgan.

Banknotning pastki qismi chap va o‘ng burchaklarida banknot nominal qiymati “100000” raqami oq rangda bir chiziqda hamda yuqori o‘ng burchakda “BIR YUZ MING SO‘M” yozuvi tushirilgan.

Pastki qismida “O‘ZBEKISTON SO‘MINI QALBAKILASHTIRISH QONUNGA MUVOFIQ TA’QIB QILINADI” matni ogohlantiruvchi yozuv sifatida qayd etilgan.


USD = 12029.20
-43.76
EUR = 14065.74
-111.54
RUB = 160.26
-0.91
GBP = 16228.59
-131.48
JPY = 75.38
-0.44
CHF = 15228.76
-164.53
CNY = 1759.48
-9.89
Barcha valyutalar
Online доступ к общедоступным информационным ресурсам ЦБ РУз в сети Интернет, с возможностью просматривать и получать обновленную информацию, в том числе сведения о курсах валют.
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X