Shrift o‘lchami: A A A
Masshtab: A A A A
Rang: A A A A
Rasmlar: Yoqish O‘chirish

5 000 so‘m

Yangilangan sana: 18 Fev 2026, 10:55
2021

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining
2021 yil namunasidagi 5000 so‘m qiymatidagi banknotasi

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qiymati 5000 so‘m bo‘lgan banknoti o‘lchami 142 x 69 mm.

Banknot himoyalangan qog‘ozda chop etilgan bo‘lib, qog‘oz tarkibida tartibsiz tarzda joylashgan sariq va ko‘k rangdagi ko‘rinmas tolalar ultrabinafsha nurlari ostida ko‘rinadi.

Banknotning o‘ng tarafidagi och fonda qadimgi “Buyuk Ipak yo‘li” karvon yo‘lining ramzi sifatida tuya va “5000” raqami ko‘rinishida suv belgilari joylashgan.

Banknotning o‘ng tarafida qog‘oz qatlamida kengligi 2 mm bo‘lgan “UZB” yozuvi tushirilgan turli ranglarda tovlanadigan metallashgan va mashinada o‘qiladigan himoya ipi o‘tkazilgan.

Old va orqa tomonlarining asosiy ranglari – yashil va jigarranglardan iborat.

Banknot old tomoni chap qismida 1619–1635 yillarda qurilgan Samarqand shahridagi “SHERDOR MADRASASI” tasvirlangan.

5000-face-UZ.jpg

Mazkur tasvirning chap va o‘ng taraflaridagi hoshiyasida uzluksiz takrorlanuvchi “O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI” mikromatni bosilgan.

Banknot yuqori qismining chap tarafida o‘zgaruvchan rangli OVI bo‘yog‘ida bosilgan “5000” raqami joylashtirilgan bo‘lib, ma’lum qiyalik burchagi ko‘rinishi ostida qirmizi rangdan yashil rangga o‘zgaradi.

Banknot yuqori qismida “O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI” matni, yuqori o‘ng burchagida O‘zbekiston Respublikasining Gerbi jigarrangda aks ettirilgan.

Banknotning o‘ng va chap tomoni chekkasida jigarrangda joylashgan maxsus element ko‘rish qobiliyati past bo‘lgan insonlar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, bo‘yoqning bo‘rtmalik xususiyati hisobiga banknotning qiymatini aniqlash imkonini beradi.

Banknotning quyi qismida naqshinkor bezak asosida “latent” (yashirin) tasvir “UZ” ko‘rinishida berilgan bo‘lib, u yorug‘lik manbaiga nisbatan ma’lum qiyalikda ko‘rinish xususiyatiga ega.

Naqshinkor bezakning atrofidagi hoshiyasi uzluksiz takrorlanuvchi “5000” raqamidan iborat mikromatn ko‘rinishida bajarilgan.

Banknot quyi qismining chap tomonida banknot qiymatini aks ettiruvchi “BESH MING SO‘M” yozuvi va “O‘ZBEKISTON SO‘MI RESPUBLIKA HUDUDIDA HAMMA TO‘LOVLAR UCHUN O‘Z QIYMATI BO‘YICHA QABUL QILINISHI SHART” matni joylashgan.

Yuqoridagi tasvirlar metallograf bosma usulida bajarilgan bo‘lib, barmoq uchi bilan siypalanganda bo‘yoqning bo‘rtmaligini sezish mumkin.

Banknot o‘ng qismidagi och fonda nusxa ko‘chirishga qarshi turli diametrdagi halqalar joylashgan bo‘lib, nusxa ko‘chirilganda ushbu tasvirlarda aniqlik yo‘qoladi.

Banknot o‘ng qismidagi “xonatlas” fonida tushirilgan O‘zbekiston xaritasi chizmasida ko‘k chiziqlar bilan “Buyuk Ipak yo‘li”ning karvon yo‘llari yo‘nalishi ko‘rsatilgan.

Banknotning yuqori chap qismida Samarqand shahrining ramzi hisoblangan “qanotli qoplon” tasviri registr vazifasini bajargan holda, “old” va “orqa” tomonlarini bir-biri bilan mos tushirish uchun xizmat qiladi. Yorug‘likka qaratilganda oq qismi banknotning orqa tomonidagi rangli fon bilan qo‘shilib to‘liq tasvir hosil qiladi.

Banknotning raqami lotin alifbosidagi ikki harfli seriya va yetti xonali sondan tashkil topgan bo‘lib, o‘ng qismida gorizontal va chap qismida vertikal ko‘rinishda bosilgan.

Gorizontal ko‘rinishdagi seriya va raqamlar ferromagnit himoya bo‘yog‘ida ishlangan bo‘lsa, vertikal ko‘rinishdagilari lyuminestsent himoya bo‘yog‘ida chop etilgan va ultrabinafsha nurlari ostida sariq rangda nurlanadi.

Banknot orqa tomonida miloddan avvalgi VIII–V asrlarga tegishli bo‘lgan “AFROSIYOB ARXEOLOGIYA YODGORLIGI” tasvirlangan.

5000-back-UZ.jpg

Banknotning o‘ng qismida Afrosiyob xarobalaridan topilgan X asrga tegishli bo‘lgan sopol ko‘za va naqshinkor sopol lagan – arxeologiya topilmasi tasviri aks etgan.

Yuqori chap qismida “O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI” matni va banknot muomalaga chiqarilgan yil “2021” chop etilgan.

Banknotning pastki qismi chap va o‘ng burchaklarida banknot nominal qiymati “5000” raqami oq rangda bir chiziqda hamda yuqori o‘ng burchakda “BESH MING SO‘M” yozuvi tushirilgan.

Ushbu yozuv ostidagi Samarqand shahrining ramzi hisoblangan “qanotli qoplon” tasviri registr vazifasini bajargan holda banknotning “old” va “orqa” tomonlarini bir-biri bilan mos tushirish uchun xizmat qiladi.

Chap va o‘ng taraflardagi naqshinkor bezak hoshiyasi uzluksiz takrorlanuvchi “O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI” mikromatni bilan bajarilgan.

Chap tomondagi naqshinkor bezak atrofida uzluksiz takrorlanadigan “O‘ZBEKISTON” so‘zidan iborat mikromatn bosilgan.

Banknotning pastki qismida “O‘ZBEKISTON SO‘MINI QALBAKILASHTIRISH QONUNGA MUVOFIQ TA’QIB QILINADI” matni joylashgan.














USD = 12170.67
+20.83
EUR = 14048.60
+44.69
RUB = 152.30
+1.2
GBP = 16107.88
+67.66
JPY = 76.26
+0.12
CHF = 15249.56
+58.46
CNY = 1768.68
+6.48
Barcha valyutalar
Online доступ к общедоступным информационным ресурсам ЦБ РУз в сети Интернет, с возможностью просматривать и получать обновленную информацию, в том числе сведения о курсах валют.
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X