Shrift o‘lchami: A A A
Masshtab: A A A A
Rang: A A A A
Rasmlar: Yoqish O‘chirish

50 000 so‘m

Yangilangan sana: 18 Fev 2026, 11:16
2021

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining
2021 yil namunasidagi 50000 so‘m qiymatidagi banknotasi

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qiymati 50000 so‘m bo‘lgan banknoti o‘lchami 147 x 69 mm.

Banknot himoyalangan qog‘ozda chop etilgan bo‘lib, old va orqa tomonlari maxsus lak bilan qoplangan.

Banknotning o‘ng tarafida och fonda qadimgi “Buyuk Ipak yo‘li”ning ramzi sifatida tuya va “50000” raqami ko‘rinishida suv belgilari joylashgan.

Banknotning o‘ng tarafida qog‘oz qatlamida kengligi 3 mm li yashil rangli, “siljish” effektiga ega, rangi o‘zgaruvchan, metallashgan va mashinada o‘qiladigan himoya ipi o‘tkazilgan.

Old va orqa tomonlarining asosiy rangi – binafsharang bo‘lib, boshqa ranglar bilan uyg‘unlashgan.

Banknot old tomoni chap qismida Surxondaryo viloyatida joylashgan XI–XII asrlarga tegishli “AL-HAKIM AT-TERMIZIY MAQBARASI” me’moriy yodgorligi tasvirlangan.

50-face-UZ.jpg

Yuqori qismining chap tarafida “50000” raqami to‘q qizil rangda, yuqori qism markazida “O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI” matni yarmi ko‘k rangda va yarmi to‘q qizil rangda hamda yuqori o‘ng burchakdagi O‘zbekiston Respublikasining Gerbi to‘q qizil rangda joylashgan.

O‘ng va chap tomoni chekkasida joylashgan ko‘k rangdagi maxsus element ko‘rish qobiliyati past bo‘lgan insonlar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, bo‘yoqning bo‘rtmalik xususiyati hisobiga banknotning qiymatini aniqlash imkonini beradi.

Banknotning quyi qismida naqshinkor tasvir fonida “latent” (yashirin) tasvir “UZ” ko‘rinishida berilgan bo‘lib, u yorug‘lik manbaiga nisbatan ma’lum qiyalikda ko‘rinish xususiyatiga ega.

Quyi qismining chap tomonida banknot qiymatini aks ettiruvchi “ELLIK MING SO‘M” yozuvi va “O‘ZBEKISTON SO‘MI RESPUBLIKA HUDUDIDA HAMMA TO‘LOVLAR UCHUN O‘Z QIYMATI BO‘YICHA QABUL QILINISHI SHART” matni joylashgan.

Yuqoridagi tasvirlar metallograf bosma usulida bajarilgan bo‘lib, barmoq uchi bilan siypalanganda bo‘yoqning bo‘rtmaligini sezish mumkin.

Banknot o‘ng qismidagi och fonda nusxa ko‘chirishga qarshi har xil diametrdagi halqalar joylashgan bo‘lib, nusxa ko‘chirilganda tasvirlardagi aniqlik yo‘qoladi.

Yuqori qismidagi O‘zbekiston xaritasi chizmasida och chiziqlar bilan “Buyuk Ipak yo‘li” karvon yo‘llari yo‘nalishi ko‘rsatilgan.

Yuqori chap qismida Surxondaryo viloyati Sopollitepa arxeologiya yodgorligi topilmasi bo‘lgan “naqshinkor tamg‘a” tasviri registr vazifasini bajargan holda, “old” va “orqa” tomonlarini bir-biri bilan mos tushirish uchun xizmat qiladi. Yorug‘likka qaratilganda oq qismi banknotning orqa tomonidagi rangli elementlar bilan qo‘shilib to‘liq tasvir hosil bo‘ladi.

Banknotning raqami lotin alifbosidagi ikki harfli seriya va yetti xonali sondan tashkil topgan bo‘lib, o‘ng qismida gorizontal va chap qismida vertikal ko‘rinishda bosilgan.

Banknot orqa tomonida I–VII asrlarga tegishli bo‘lgan Surxondaryo viloyati hududidagi qadimiy yodgorlik – “FAYOZTEPA ARXEOLOGIYA YODGORLIGI” tasvirlangan.

50-back-UZ.jpg

Markaziy qismida tinchlik ramzi bo‘lgan “uchayotgan kabutar” tasvirida zamonaviy “Spark live” maxsus himoya elementi qo‘llanilgan bo‘lib, turli qiyalikda tasvirda rang o‘zgarishi va siljish effektini hosil qiladi.

O‘ng qismida Surxondaryo viloyati Sopollitepa arxeologiya yodgorligi topilmasi bo‘lgan miloddan avvalgi XVII–XV asrlarga tegishli 2 xil ko‘rinishdagi sopol idishlar tasviri aks ettirilgan.

Yuqori chap qismida “O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI” matni va banknot muomalaga chiqarilgan yil “2021” chop etilgan.

Banknotning pastki qismi chap va o‘ng burchaklarida banknot nominal qiymati “50000” raqami oq rangda bir chiziqda hamda yuqori o‘ng burchakda “ELLIK MING SO‘M” yozuvi tushirilgan.

Pastki qismida “O‘ZBEKISTON SO‘MINI QALBAKILASHTIRISH QONUNGA MUVOFIQ TA’QIB QILINADI” matni ogohlantiruvchi yozuv sifatida qayd etilgan.


USD = 12029.20
-43.76
EUR = 14065.74
-111.54
RUB = 160.26
-0.91
GBP = 16228.59
-131.48
JPY = 75.38
-0.44
CHF = 15228.76
-164.53
CNY = 1759.48
-9.89
Barcha valyutalar
Online доступ к общедоступным информационным ресурсам ЦБ РУз в сети Интернет, с возможностью просматривать и получать обновленную информацию, в том числе сведения о курсах валют.
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X