Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

10 tiyin (2020 yil 1 martga qadar muomalada bo‘lgan)

Yangilangan sana:  23 Iyun 2020, 15:12
1994

O'zbekiston Respublikasi Markaziy bankining
1994 yil namunasidagi 10 tiyin qiymatidagi tangasi

Tanga po'latdan tayyorlangan. Tanga nikel bilan (oq rangda) qoplangan.

Tanganing old tomoni markazida tanganing qiymati raqamlar bilan ko'rsatilgan, uning tagida bir xil kattalikdagi bosma harflar bilan "TIYIN" so'zi yozilib, tagiga chiziq tortilgan. Chiziq o'rtasida sakkiz qirrali shakl tasviri bo'lib, uning ostida tanga chiqarilgan yilni bildiruvchi "1994" raqamlari joylashtirilgan.

Tanganing har ikki chekkasida, shu rasmlar atrofida, tanga chiqarilgan yil ko'rsatilgan joydan boshlab uning qiymatini bildiruvchi raqamlar o'rtasigacha bitta g'o'za bargi bilan boshlanadigan beshta ochilgan ko'sak tasviri tushirilgan.

Tanganing orqa tomonida O'zbekiston Respublikasi Gerbi tasvirlangan. Gerb tevaragida, tanganing tashqi qirrasi yoqalab yuqorida 12 ta yulduzcha tasvirlangan va doiraning pastki qismida bir xil kattalikdagi bosma harflar bilan "O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI" degan yozuv tushirilgan. Tangalarning tashqi chekka doirasi bo'ylab qabariq nuqtalar tushirilgan.

10 tiyinlik tanganing yon tomoniga bo'rtma tishlar shakli berilgan.

10 tiyinlik tanganing diametri  - 18,8 mm.


USD = 10567.60
-13.43
EUR = 12593.41
-51.98
RUB = 146.40
+0.48
GBP = 14691.08
-94.85
JPY = 95.94
+0.35
CHF = 11504.03
-64.99
CNY = 1641.85
-2.98
Barcha valyutalar
Online доступ к общедоступным информационным ресурсам ЦБ РУз в сети Интернет, с возможностью просматривать и получать обновленную информацию, в том числе сведения о курсах валют.
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X