O'zbekiston Respublikasi Markaziy bankining
1994 yil namunasidagi 3 tiyin qiymatidagi tangasi
Tanga po'latdan tayyorlangan. Tanga jez bilan (sariq rangda) qoplangan.
Tanganing old tomoni markazida tanganing qiymati raqamlar bilan ko'rsatilgan, uning tagida bir xil kattalikdagi bosma harflar bilan "TIYIN" so'zi yozilib, tagiga chiziq tortilgan. Chiziq o'rtasida sakkiz qirrali shakl tasviri bo'lib, uning ostida tanga chiqarilgan yilni bildiruvchi "1994" raqamlari joylashtirilgan.
Tanganing har ikki chekkasida, shu rasmlar atrofida, tanga chiqarilgan yil ko'rsatilgan joydan boshlab uning qiymatini bildiruvchi raqamlar o'rtasigacha bitta g'o'za bargi bilan boshlanadigan beshta ochilgan ko'sak tasviri tushirilgan.
Tanganing orqa tomonida O'zbekiston Respublikasi Gerbi tasvirlangan. Gerb tevaragida, tanganing tashqi qirrasi yoqalab yuqorida 12 ta yulduzcha tasvirlangan va doiraning pastki qismida bir xil kattalikdagi bosma harflar bilan "O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI" degan yozuv tushirilgan.
3 tiyinlik tanganing yon tomoniga bo'rtma tishlar shakli berilgan.
3 tiyinlik tanganing diametri - 20 mm.