O'zbekiston Respublikasi Markaziy bankining
1999 yil namunasidagi 25 so`m qiymatidagi tangasi
1999 yil 20 oktyabrda O'zbekiston Respublikasi Markaziy bankining Jaloliddin Manguberdining 800 yillik yubileyiga bag'ishlab, qiymati 25 so`m bo'lgan esdalik tangasi muomalaga chiqarildi.
Tanganing old tomoni markazida Jaloliddin Manguberdining jangovar kiyim-boshdagi byusti tasvirlangan. Tanganing yuqori qismida, uning aylanasi bo'ylab "JALOLIDDIN MANGUBERDI-800 YIL" matni yozilgan.
Tanganing o'ng tarafida "25" raqamlari bilan uning qiymati aks ettirilgan va pastda "SO'M" deb yozib qo'yilgan. Tanganing yon tomoni bo'ylab munchoqsimon shaklda naqsh tushirilgan. Tanganing orqa tomonida O'zbekiston Respublikasi Gerbi joylashgan bo'lib, uning atrofiga "O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI" degan matn yozilgan. Gerb tagida tanga chiqarilgan yil - "1999" raqamlari aks ettirilgan.
Tanganing yon tomoni bo'ylab munchoqsimon shakldagi naqsh tushirilgan.